Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
VIII-BOB. DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI 
TAKOMILLASHTIRISH 
 
Mamlakat 
siyosiy 
hayotining 
barcha 
sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini 
erkinlashtirishda, 
fuqarolarning 
siyosiy, 
iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga 
Demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirishda parlament 
va siyosiy partiyalarning roli


84 
chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini 
erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini 
rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli 
manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda 
namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi 
kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni 
shakllantirishda parlament va ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi. Quyida 
bu ikki tushunchaga alohida to’xtalib o’tishni joiz topdik. 
Parlament – qonunchilik, nazorat, targ’ibot kabi eng muhim funksiyalari 
bilan chambarchas bog’liqdir. Bu funksiyalarni qanday bajarayotganiga qarab 
parlamentning haqiqiy parlamentarizm institutiga nechog’li mos ekanligi belgilanadi. 
Mamlakatda parlament bo’lishi mumkin, ammo u qar doim ham parlamentarizm
uning g’oyalari va tamoyillariga mos keladigan institut bo’lavermaydi.
O’zbekiston 
mustaqillikka 
erishgach, 
parlamentarizm 
g’oyalari va 
tamoyillarini joriy etish natijasida milliy parlamentimiz tom ma’noda qonunchilik, 
nazorat kabi funksiyalarni o’zlashtirdi, muhim vakolatlarga ega bo’ldi. Bosh 
qonunimizga muvofiq parlament ichki va tashqi siyosatning asosiy 
yo’nalishlariga, davlatning strategik dasturlariga oid hujjatlar qabul qiladi. Ichki 
siyosatga oid faoliyatida davlat byudjetini qabul qilishdan yuqori lavozimlarga 
qo’yiladigan nomzodlarni, u yoki bu sohani (ta’lim, sport, huquqiy madaniyat va 
hokazo) 
rivojlantirishga 
qaratilgan 
milliy 
dasturlarni, 
konsepsiyalarni 
tasdiqlashgacha bo’lgan funksiyalarni bajaradi. 
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurishga 
yo’naltirilgan ijtimoiy islohotlar Parlamentning qonunchilik faoliyatiga bir qator 
talablar qo’yadi: 
Birinchidan, qonun ishlab chiqish va qabul qilish inson manfaatlarining ustuvorligi 
tamoyiliga asoslanishi darkor. Unga muvofiq qonunlar inson manfaatlarini himoya 
qilishi, uning ijodiy va ma’naviy imkoniyatlarini, salohiyatini ro’yobga chiqarishga 
yordam berishi kerak. Bu tamoyil aslida inson manfaatlarining davlat manfaatlaridan 
ustunligi qoidasidan kelib chiqadi. Agar insonning aniq manfaatlariga qaratilmagan 


85 
bo’lsa, bunday ijtimoiy munosabatlarni yuridik idora etishga hojat yo’q. Shu nuqtai 
nazardan, qonun davlat va jamiyatda insonning, fuqaroning qiziqishlarini
manfaatlarini, erkinligi va burchlarini ro’yobga chiqarishning yuridik shaklidir. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling