Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Harakatlar strategiyasi –


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Harakatlar strategiyasi – 
O’zbekiston milliy 
taraqqiyotining yangi 
bosqichi


81 
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish 
hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni 
amalga oshirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan 2017-2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasini qabul qilish bo’yicha farmon imzolandi (2017 yil 7 
fevraldagi PF-4947-sonli farmon). 
Umuman jamiyatimiz hayoti va taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan ushbu 
hujjat O’zbekiston Respublikasining birinchi rahbari Islom Karimov tomonidan 
taraqqiyotning yangi yo’nalishi sifatida ishlab chiqilgan va hozirgi kunda olib 
borilayotgan islohotlarning nazariy-amaliy poydevori bo’lib xizmat qilayotgan
“O’zbek modeli” ning hosilasi desak xato qilmagan bo’lamiz. Chunki, Shavkat 
Mirziyoyev o’zining nutq va ma’ruzalarida mustaqillik me’mori, buyuk davlat va 
siyosat arbobi Islom Karimovning o’zbek xalqi oldidagi tarixiy xizmatlariga baho 
berar ekan – Islom Karimov biz uchun yangi hayot, yangi jamiyat asoschisi, 
mustaqil O’zbekiston bunyodkori sifatida tariximizda mangu qoladi, yuksak ibrat 
namunasi 
bo’lib xalqimiz qalbida abadiy yashaydi. Albatta, Islom 
Abdug’aniyevichning siyosiy merosini qancha ko’p o’rgansak, uning qanday o’lkan 
xazina ekanini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz bu ibrat maktabiga, uning 
saboqlariga qayerda, qaysi lavozimda bo’lmaylik, doimo murojaat qilamiz va undan 
o’zimizga hayotiy dastur, qo’llanma bo’ladigan yangi-yangi fikr va g’oyalar 
topamiz. Shaxsan men ulug’ Yurtboshimiz asos solgan, dunyoda “O’zbek modeli” 
deb tan olingan taraqqiyot yo’lini,u kishi rahbarligida amalga oshirilgan barcha-
barcha ezgu ishlarni davom ettirishni o’zimning muqaddas burchim va vazifam deb 
bilaman[4; 41-42-б.] – deb, keltirib o’tishida ham ko’rishimiz mumkin. 
Tanqidiy tahlil natijalari, mamlakatimizning rivojlanishiga to’sqinlik 
qilayotgan holatlar mavjudligini ham ko’rsatmoqda: 
1) odamlarning o’z kasbi va qiziqishiga mos keluvchi ish joylarining 
yetarlicha yaratilmaganligi, ya’ni ishsizlikning tugatilmaganligi; 
2) odamlarning yaxshi yashashlari, samarali mehnat qilishlari uchun barcha 
qulayliklarga ega bo’lgan o’y-joylar, to’yimli oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik 


82 
suvi, gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlanmaganligi va boshqa madaniy-maishiy 
shart-sharoitlarning to’liq qoniqarli darajada yaratilmaganligi; 
3) inson salomatligini saqlash uchun yetarlicha shart-sharoitlar: dori-
darmonlarning haddan tashqari qimmat narxlarda sotilishi, tez yordam sohasi 
xodimlarining yetarli darajada faoliyat yuritmasligi, joylarda malakali shifokor 
mutaxassislarning yetishmasligi, ta’magirlikning avjga chiqishi; 
4) har bir insonning tabiiy yashash va shaxsiy huquq va burchlarini og’ishmay
bajarishi, ularni buzuvchilarga nisbatan murosasiz kurash olib borish borasida 
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va ularning xodimlari tomonidan o’z xizmat 
vazifalarini suiiste’mol qilishi, g’ayriqonuniy ishlar sodir etishi, ayniqsa adolat 
mezonlari ataylab buzish holatlarining mavjudligi; 
5) sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, axborot texnologiyalari kabi 
sohalarda ishlarni tashkil etish borasida mutasaddilar tomonidan belgilangan 
topshiriqlarni o’z vaqtida bajarmaslik, o’z manfaatini xalq manfaatidan ustun 
qo’yish, amal sehriga berilib oyog’ining yerdan uzilishi, oddiy odamlarni 
mensimaslik kabi holatlarning odatiy tusga kirib qolishi; 
6) ilm-fanni rivojlantirishda haqiqiy olimning ijodiy mehnatini qadrlamaslik, 
o’zini hammuallif sifatida tiqishtirish, jonkuyar tashkilotchi olimlar ustidan har xil 
ig’volarni uyushtirish, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya berish o’rniga, 
yuzsizlarcha ta’magirlik qilish; 
7) o’zining beburdligini yashirish maqsadida davlat rahbaridan yoki o’zining 
boshlig’idan “xudo yasab” uning oldida tilyog’lamachilik qilish, laganbardorlik 
bilan shug’ullanish, orqasidan esa “tosh otish”;
8) o’zini boqayotgan xalqning nonini yeb dardiga quloq solmaslik, uning 
tuzlig’iga tupurish, oddiy dehqon yoki ishchi, xizmatchini mensimaslik, eng yomoni 
sotqinlik yo’liga kirib, pinhona tarzda, ko’z bo’yamachilik bilan xalq boyligi 
o’zlashtirib – “yuvib” olish, kezi kelganda esa uning “yalovbardor”iga aylanishi; 
9) ayrim mutasaddilarning boylik va amal sehriga berilib, korrupsiya balosiga 
giriftor bo’lganligi kabilarni kiritish mumkin. Mana shunday xato va kamchilliklarni 
o’z vaqtida joyida bartaraf etmasdan turib, mamlakatimizni yangi sifatiy taraqqiyot 


83 
bosqichiga olib chiqish mumkin emas. Bu esa o’z navbatida oldimizga bosib o’tilgan 
yo’l va orttirilgan tajribani xolisona baholash, mustaqillik yillarida erishilgan 
yutuqlarni tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning 
muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasini qo’ydi[57; 364-
365-б.]. 
Bir so’z bilan aytganda O’zbek xalqi mustaqillik yillarida tinimsiz mehnat 
qilib mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy mustaqilligini mustahkamlash 
va rivojlantirish borasida olamshumul yutuqlarni qo’lga kiritdi. Biroq, globallashuv 
jarayoni erishgan marralarni, yo’l qo’yilgan kamchilliklarni muntazam ravishda 
tahlil qilish, yaqin va uzoq kelajakda qilinadigan ishlarni puxta o’ylangan rejalar 
asosida olib borishni talab qiladi. Zero, hayot doimo o’zgarish va rivojlanishdan 
iboratdir. Uni anglab yetish har bir xalq va millat uchun hayot falsafasi demakdir.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling