Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
Huquqni muhofaza
qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamotchilik nazoraning o’rnatilishi 99 a’zolari yoki mahalla yetakchilari tomonidan tanqid, salbiy ijtimoiy fikrni shakllantirish orqali amalga oshiriladigan faoliyat norasmiy nazorat deyiladi. – Ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish va natijalarini turli tarbiyaviy vositalar yordamida targ’ib qilish jarayonida jamoatchilik nazoratining konstruktiv mohiyati namoyon bo’ladi. Senzuraning turli usullari, po’pisa bilan amalga oshiriladigan nazorat buzg’unchi ko’rinishga ega bo’ladi. – Ijro hokimiyati ustidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega. Chunki mazkur nazorat jamiyatning har bir a’zosi uchun kundalik ehtiyojlarni qondirishdek zarur bo’lib, hokimiyat bilan munosabatlarda korrupsiya, qonunbuzarlik va adolatsizlik hukm surgan ko’p sonli xodimlarga ega bo’lgan keng qamrovli apparat bilan kurashishga to’g’ri keladi. Jamoatchilik nazoratini mezon nuqtai nazaridan o’rganish muhim. Bu mezonlar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: tizim doirasida, tizimlararo miqyosda, siyosiy nazorat va jamoatchilik nazorati. Umuman olganda ko’plab rivojlangan demkoratik mamlakatlarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: – davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlariga petitsiyalar bilan murojaat qilish (fuqarolarning individual va jamoa tartibida murojaatlari); – hokimiyat faoliyati to’g’risida axborotning fuqarolar uchun ochiqligi (fuqarolar uchun davlat organlarining axborot jihatdan ochiq-oshkoraligi); – mahalliy o’zini o’zi boshqarish, fuqarolar yig’ilishlari va yig’inlari orqali fuqarolarning jamiyat ishlarini boshqarishda ishtiroki; – oshkoralik tarzida eshitishuvlar; – qonun loyihalari va davlat hayotining boshqa muhim masalalarining jamoat muhokamalari; – qonunchilik hujjatlari loyihalarining jamoat ekspertizasi; – jurnalistik tekshiruvlar va boshqalar. Umuman olganda huquqni muhofaza qiluvchi va davlat nazorat idoralari faoliyati ustidan jamotchilik nazoraning o’rnatilishi: 100 Birinchidan, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishiga olib keladi. Ikkinchidan, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo’llab-quvvatlashga imkon beradi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling