Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning ustuvor mavqeini kuchaytirish 104 – mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish[6]. Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy- siyosiy islohotlar zamirida ijtimoiy taraqqiyotga iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkchilikni barqarorligini ta’minlash orqali erishish mumkinligi borasida ko’plab chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida avvalombor ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, iqtisodiyotning ayrim sektorlarida tadbirkorlik subyektlariga sezilarli miqdorda imtiyoz va preferensiyalar berilganligi qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lashning amaldagi tartibidagi mavjud bo’lgan nomutanosibliklar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlarni ta’minlashda qo’shilgan qiymat solig’ining to’laqonli zanjirini yaratish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini bermayapti. Shu bois, mamlakatimizda soliq siyosatini qayta ko’rib chiqishga zarurat tug’dirdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PF-5755- sonli “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida” farmonining imzolanishi, tom ma’noda soliq va bojxona siyosatidagi o’zgarishlarning asosi bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu farmondan ko’zlangan maqsad – birinchidan, soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, ikkinchidan, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, uchinchidan, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash shartlari hisoblanadi. Shu bilan birga, o’rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o’sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog’lom Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling