108
XI-BOB. IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI
CHUQURLASHTIRISH
Mehnat bozoridagi haqiqiy
holatni chuqur tahlil
qilish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir
hududiy va tarmoq dasturlarni shakllantirish,
ularning bajarilishini muvofiqlashtirish, yangi ish
o’rinlarini tashkil etish bo’yicha
davlat
buyurtmalarini ishlab chiqish va aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun
ish joylari zahirasini (kvota) belgilash yuzasidan aniq maqsadga yo’naltirilgan
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, aholi bandligini ta’minlashning zamonaviy tashkiliy-huquqiy
mexanizmlari joriy qilinmaganligi va ishchilar malakasini
oshirish choralarining
yetarli emasligi respublikamizning ayrim mintaqalarida ishsizlik darajasini
pasaytirishga
imkon bermayapti, oqibatda bu noqonuniy mehnat migratsiyasi va
norasmiy bandlik holatlarining ko’payishiga sharoit yaratmoqda.
Ammo tashkil
etilgan ish o’rinlarining hisobini yuritish va haqqoniyligini ta’minlash masalalarida
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda keng jamoatchilik o’rtasida
o’zaro hamkorlik mexanizmlaridan yetarlicha foydalanilmayotganligi[62], bu
Aholi bandligini ta’minlash
va munosib turmush
sharoitini yaratish ijtimoiy
islohotlarning muhim
yo’nalishi
109
tizimdagi islohotlarni zamon talablari asnosida yangi bosqichga ko’tarish ehtiyojini
tug’dirdi.
Aholining doimiy bandligini ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil etish
bo’yicha davlat buyurtmasini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlari
faoliyatining samaradorligini
oshirish maqsadida, shuningdek 2017-2021 yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan
vazifalarni amalga oshirish
maqsadida, 2019 yil 5 martida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi
bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha davlat
buyurtmasi to’g’risida”gi qarori imzolandi. Ushbu qarorda asosiy e’tibor quyidagi
islohotlarni yanada takomillashtirishga qaratildi:
Do'stlaringiz bilan baham: