Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 
– sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligi sohasida yangi loyihalarni 
amalga oshirish va o’tgan yillardan o’tib kelayotgan loyihalarni yakunlash 
hisobiga yirik loyihalar (xo’jalik boshqaruv organlari) 55,7 ming va kichik 
loyihalarda (mahalliy loyihalar, o’z mablag’i hisobiga kredit olmasdan) 81,2 
mingdan kam bo’lmagan doimiy ish o’rinlarini tashkil etish; 
 
 
bo’sh 
turgan, 
qurilishi 
tugallanmagan 
obyektlardan 
va 
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish 
hisobiga 23,7 ming yangi ish o’rinlarini tashkil etish; 
 
davlat-xususiy sherikchilik asosida ijtimoiy soha obyektlarini (ta’lim, 
sog’liqni saqlash, madaniyat, jismoniy tarbiya, sport va boshqalar) tashkil etish 
hisobiga 23,7 ming ish o’rinlarini tashkil etish; 
 
hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 37,3 ming ish o’rinlarini 
tashkil etish; 
 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, aholini o’z-o’zini band qilishni 
rag’batlantirish, tijorat banklari va boshqa maqsadli jamg’armalar mablag’lari 
hisobidan “Har bir oila - tadbirkor” va boshqa dasturlar doirasida kreditlar 
berish orqali 191,5 ming ish o’rinlari tashkil etish; 
 
– uy-joy qurilishi, obodonlashtirish, infratuzilma obyektlari, mavsumiy va 
vaqtinchalik ishlar, ayniqsa “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari 


110 
bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 63,0 ming aholini vaqtinchalik 
va mavsumiy ishlarda bandligini ta’minlash; 
 
110,2 ming nafar fuqaroni mavjud ish o’rinlariga, 85,5 ming nafarini 
kvota va tabiiy sabablar bilan bo’shaydigan ish o’rinlariga ishga joylashtirish; 
 
– 30,2 ming nafar ishsizlarni Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi 
mablag’lari hisobidan kasbga tayyorlash va qayta o’qitish bo’yicha davlat 
buyurtmasini shakllantirish, 49,9 ming nafar ishsizlarni Jamoat ishlari 
jamg’armasi hisobiga haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb etish va 200,4 ming 
nafar fuqaroni xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish va hok[63]. 
Bundan tashqari, “Harakatlar strategiyasi”ning to’rtinchi bandida (Aholi 
bandligi va real daromadlarini izchil oshirish) belgilab berilgan quyidagi vazifalar: 
– aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam 
ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini 
yanada kamaytirish;
– byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy 
nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish; 
– yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va 
oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori 
mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini 
kamaytirish; 
– mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga 
oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj 
shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini 
kengaytirish vazifalari davlatimiz oldida turgan ko’plab muammolarni tadrijiy 
bosqichda yechishi uchun konstruktiv asos bo’lib kelmoqda. Chunki, har yili aholi 
bandligini ta’minlash bo’yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo’sh va 
kvotalanadigan ish o’rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, 
o’zini o’zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan 
chora-tadbirlar ko’rilmoqda. 


111 
Aholining 
ishchanlik 
faolligini 
va 
tadbirkorlik 
tashabbuslarini 
rag’batlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini ta’minlashga, aholi bandligini 
ta’minlash bo’yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va 
tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 
Mamlakatimizda sog’liqni saqlash, ta’lim, sport, ijtimoiy ta’minot, onalik va 
bolalikni muhofaza qilish, aholining hayot 
darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy himoyani 
kuchaytirish masalalariga ustuvor ahamiyat 
berilib, sohada salmoqli natijalarga erishilmoqda. Har bir mamlakat ijtimoiy himoya 
tizimining sifat va miqdor ko’rsatkichlari jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
darajasidan dalolat beradi.
Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasining 25-moddasida har bir inson 
ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog’liq bo’lmagan 
sharoitlarga ko’ra tirikchilik uchun mablag’ bo’lmay qolgan boshqa hollarda 
ta’minlanish huquqiga ega ekanligi ko’rsatilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish 
aholining ehtiyojmand qatlamlariga pensiya, nafaqa, imtiyozlar, moddiy yordam 
berish va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, 
“Biz ijtimoiy sohada aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, dori 
vositalari bilan ishonchli ta’minlash, jismoniy baquvvat va ma’naviy jihatdan 
sog’lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida ustuvor ahamiyat 
bermoqdamiz”[2] – deb, keltirib o’tishidan ham ko’rishimiz mumkinki, 
davlatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida katta ishlar amalga 
oshirilmoqda. Umuman aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi uchta asosiy shaklga 
ega: 
– ijtimoiy ta’minot; 
– ijtimoiy sug’urta; 
– ijtimoiy yordam[20; 41-б.]. 
Ijtimoiy himoya tushunchasi keng ma’noda – mamlakat aholisini ijtimoiy va 
moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling