Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslari
Download 31.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqMustaqil ish word. DHN
Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslari Fuqorolik jamiyati tushunchasi Fuqorolik jamiyati asoslari Iqtisodiy asos. Siyosiy asos. Manaviy-axloqiy asoslari Davlat va jamiyat qadimdan bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanib kelayotgan ijtimoiy hayot birliklari hisoblanadi. Davlat kishilik jamiyati shakllanishining muayyan bosqichida vujudga kelgan. 0 ‘z o‘rnida fuqarolik jamiyati insoniyat tomonidan asos solingan davlat va jamiyat hayotining eng oliy shaklidir. Fuqarolik jamiyati to‘g ‘risidagi g'oyalar va ta’limotlar XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab hayotga joriy etilayotgan bo‘lsa-da, ushbu hodisa va uni tashkil etgan tarkibiy unsurlar azal-azaldan insoniyat tafakkuriga begona bo‘lmagan. Fuqarolik jamiyati tarixiy taraqqiyotning, insoniyat sivilizatsiyasi madaniy-ma’rifiy yuksalishining yetuklik darajasidir. Mazkur jamiyat ijtimoiy munosabatlarning oqilona huquqiy tartibga solinganligi, umuminsoniy demokratik qadriyatlar va institutlar qaror topganligi, adolatli qonunlar tizimi shakllanganligi, davlat va barcha fuqarolik jamiyati institutlari xalq va fuqarolar manfaati uchun faoliyat ko‘rsatadigan, fuqarolari komillikka, yuksak ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy sifatlarga erishganligi bilan ta’riflanadi. Fuqarolik jamiyatini barpo etish, eng avvalo, inson, jamiyat va davlatning o‘zaro ma’rifiy aloqadorligi bo‘lib, unda inson, uning huquqlari va manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega. Bunday jamiyatda mavjud bo‘ladigan ijtimoiy muhit davlatning qonunlar doirasida faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z navbatida, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari to‘la-to‘kis ta’minlanishiga sharoit yaratadi. Fuqarolik jamiyati - har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari sozsiz ta’minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyatdir. Fuqarolik jam iyatining quyidagi asosiy belgilari va xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1. Jamiyat va shaxs ehtiyojlari tizimida faol ijobiy faoliyat va mehnatning roli alohida mazmunga ega bo‘lishi. 2. Jamiyat mazmuni, uning rivojlanish qonuniyatlari mohiyatining xususiy mulkchilik munosabatlari orqali belgilanishi. 3. Fuqarolarning yuridik jihatdan bir xil maqomga egaligi va qonun oldida tengligi. Jamiyatda adolatli sud tizimining qaror topishi. 4. Shaxsning xususiy hayoti va iqtisodiy faoliyatiga davlat aralashuvining qonun doirasida cheklanishi. Huquqiy davlatchilikning mavjud bo‘lishi. 5. Shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi. 6. Davlat, davlat idoralari va fuqarolar huquqning teng subyekti sifatida munosabatga kirisha olishi, ularning sudda teng taraflar sifatida maydonga chiqa olishi. Fuqarolar huquqlarini kafolatlash mexanizmlarining yaratilganligi. 7. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan, fuqarolarning ozini o‘zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi. 8. Jamiyatning yuksak ma’naviy-madaniy'va axloqiy rivojlanganligi, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar o'zaro hurmat doirasida, shaxs qadrini e’zozlash asosiga qurilganligi va boshqalar. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun uning institutlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin: 1. Iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar: xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlari; tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va boshqalar. 2. Ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar: oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar; ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari); fuqarolarning o'zini o‘zi boshqarish organlari; mustaqil ommaviy axborot vositalari; diniy tashkilotlar; milliy-madaniy markazlar; ixtiyoriy ko‘ngilli jamiyatlar; jamoatchilik fikrini aniqlash va o‘rganish institutlari; turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va boshqalar. 3. Siyosiy sohadagi m anfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar: siyosiy partiyalar; ijtimoiy-siyosiy harakatlar; inson huquqlarini himoya qiluvchi institutlar va boshqalar. 0 ‘z navbatida, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakat hayotidagi o‘rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - aholini turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etadi; - fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda muhim omil sanaladi; - ular davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borishning asosiy vositasi hisoblanadi; - butun jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni hayotga tatbiq etishda ular davlatning teng huquqli ijtimoiy sherigi, hamkori hisoblanadi; - nodavlat notijorat tashkilotlarning rivojlangan tizimijamiyatda manfaatlar uyg‘unligini qaror toptiradi va mustahkamlaydi. Download 31.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling