Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslari


Fuqarolik jam iyatining ijtimoiy, iqtisodiy


Download 31.38 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi31.38 Kb.
#1608376
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish word. DHN

Fuqarolik jam iyatining ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy va ma’naviy asoslari.
Fuqarolik jamiyati nihoyatda murakkab hamda serqirra
ijtimoiy hodisadir. Shu bois uni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviyaxloqiy asoslar bo‘yicha ta’riflash mumkin.
Iqtisodiy asos. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka
keng yo‘l beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga hamda erkin iqtisodiy faoliyat ta’minlangan
shart-sharoitga tayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muhiti va
munosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi, iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta’minlanadi.
Fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yaratishga katta hissa
qo‘shgan nemis faylasufi Gegel, ushbu jamiyatni ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan. U bunda ikki
asosiy prinsipni ajratib ko'rsatgan:
birinchidan, shaxslar o‘z xususiy manfaatlaridan kelib
chiqib harakat qiladi;
ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar
tizimini vujudga keltiradiki, bunda har kim boshqa shaxsga
bog'liq bo‘ladi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy tuzilma bo'lmish
fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimidan
iboratdir. Bunday munosabatlarga ishlab chiqarishdagi raqobat
va unda hokimiyatning ma’muriy aralashuvini cheklash orqali
erishiladi. Fuqarolik jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yo‘l ochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zohir bo'ladi.

0 ‘zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan munosabatlar tizimi qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik va


o‘rta biznesga keng yo‘l ochilib, tegishli tashkiliy va huquqiy
mexanizmlar vujudga keltirilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi-
ning Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatining qaror topishini xususiy mulkning qat’iy mavqega ega bo‘lishi bilan bog‘laydi.
Siyosiy asos. Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda,
fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning
mazmun-mohiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy
mohiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning
o‘zaro munosabati shakl bilan mazmunning o‘zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati to‘la ma’noda mavjud bo‘lishining sharti huquqiy
davlatning mavjudligidir. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat
fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat
tuzilmalarini rivojlantirishdan iborat emas. Buning uchun
jamiyatda tom ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat
tashkilotlarning keng ko'lamli tizimi, tadbirkorlar uyushmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi vujudga keltirilishi lozim.
Fuqarolar va ularning uyushmalari davlat idoralari bilan
muloqotda huquqning teng subyektlari sifatida munosabatga
kirishadi. Basharti bu teng huquqiy munosabatlarda tomonlardan birining huquqiga, manfaatiga putur yetkazilsa, u sudga
murojaat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o‘z huquqini
tiklashga erishishi mumkin.
Ma’naviy-axloqiy asos. Fuqarolik jamiyati chuqur
ma’naviy, yuksak madaniy insoniy munosabatlarga tayanadi. Bu jamiyatning ma’naviy hayotida inson benihoya darajada ulug‘lanadi, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadi, ular
mo‘tabar va muqaddas sanaladi. Bunda insonning qadr-qimmati, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi oliy qadriyatlar
odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning belgilovchi mezoni
sifatida maydonga chiqadi.
Demokratik islohotlar davrida ma’naviyatni yuksaltirishga
asosiy e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, ma’naviyat
insoniyat ichki dunyosining ko'zgusi, tafakkuri, ongi va fikr
yuritish tarzining mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi yuksak
ijtimoiy qadriyatdir. Insoniyat hamisha ezgulikka, ma’naviy
barkamollikka intilib yashaydi.
Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning
tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste’dodining bevosita r o ‘y o b g a chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Odilqoriyev X.T. “Davlat va huquq nazariyasi.” Darslik. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022-y. – 492 bet.
Saydullayev Sh. “Davlat va huquq nazariyasi.” Darslik. – Toshkent: TDYU, 2018. 234-bet.
Islomov Z.M. “Davlat va huquq nazariyasi.” Darslik. – Toshkent: Adolat, 2007
Download 31.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling