Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati o’rni
Shaxsning siyosiy yetukligi ijtimoiy fenomen sifatida
Download 50.83 Kb.
|
REFERAT
Shaxsning siyosiy yetukligi ijtimoiy fenomen sifatida.
Shaxs mustaqilligini ifodalovchi bir qancha elementlar bo’lib ularga, aqliy zukkolik, axloqiy poklik, huquqiy kamolot, mehnatga halol munosabat, siyosiy yetuklik va madaniy saviya kiradi. Shaxs mustaqilligini ifodalovchi eng muhum alomatlardan biri - siyosiy yetuklikdir. Shuni ta’kidlash joizki, insonning siyosiy yetukligi uning siyosiy madaniyati bilan bevosita bog’liq. Shuningdek, inson siyosiy yetukligi u yashayotgan, faoliyat ko’satayotgan jamiyatda, davlatda amalga oshirilgan ichki va tashqi siyosat bilan dialektik aloqador, unin hosilasidir. Xuddi shuning uchun ham inson siyosiy yetukligining darajasi, eng avvalo, har bir kishining “siyosat deganda nimani tushunmoq lozim?” “siyosat ijtimoiy voqyea sifatida o’ziga qanday elementlarni mujassamlashtiradi?” degan savollarga bergan javobiga qarab aniqlanadi. Modomiki shunday ekan, siyosat deganda nimani tushunmoq darkor? Qadimgi zamon faylasuflari siyosat deganda “davlatni boshqarish san’ati”, “davlat ishlari”, “davlat faoliyati”ni tushungan bo’lsa, hozirgi zamon faylasuflari siyosatni turli ma’nolarda sharhlaydilar. Chunonchi, tor ma’noda siyosat deganda fuqarolarning davlatni boshqarish (oddiy saylovchi, deputat, ministr va hokazo) ishlariga ishtiroki tushiniladi. Siyosiy partiyalar faoliyatining asosida esa davlat hokimyatini egallash orqali o’zlarining dasturlarida olg’a surilgan g’oyalarni amalga oshirish yotadi. Ammo o’zgarib turuvchi ijtimoiy jarayon bo’lgan siyosat o’zida o’zaro dialektik aloqadorlikda bo’lgan besh asosiy xolatni mujassamlashtiradi. Boshqacha aytganda, siyosatni bir butun, yaxlit strukturaga birlashtirib turgan elementlar - siyosiy (nazariy-mafkuraviy va kundalik) ong; siyosiy faoliyat; siyosiy munosabatlar va siyosiy normalar; siyosiy institutlardir. Siyosatni bir butun yaxlit struktura bo’lishida siyosiy munosabatlarning o’rni o’zgacha, chunki siyosiy munosabatlar davlat amalga oshirayotgan siyosat mazmunini belgilashda hal qiluvchi ahamyatga ega bo’ladi. Sosial institutlar, ayniqsa siyosiy partiyalar, milliy va boshqa uyushmalar esa davlat amalga oshirgan siyosiy faoliyatning asosiy yo’nalishlarini belgilab beradilar. Siyosat doimo o’zgarib turuvchi ijtimoiy voqyea sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagi to’rt holatda yaqqol namoyon bo’ladi. - Birinchidan, siyosat milionlab kishilarning ongi va faoliyati, buguni va kelajak taqdiri bilan bevosita bog’liq bo’ladi. - Ikkinchidan, siyosat ijtimoiy turmushining barcha jabhalarida o’z ta’sirini o’tkazadi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy, ruhiy va mafkuraviy, maishiy sohasidagi faoliyatlarini umumlashtiradi va rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. - Uchinchidan, siyosat fan bilan doimo hamkorlikda bo’ladi va o’z navbatida alohida fan darajasga ham ko’tariladi. Bunday holat siyosatni har qanday subyektiv yondashuvlardan, o’zboshimchalikdan saqlab qolish uchun real imkoniyat yaratadi., siyosatning maqsad va vazifalarini aniq belgilashda har tomonlama ko’ maklashadi. - To’rtinchidan, chinakam siyosat san’at va ijodiyot bilan doimo aloqada bo’ladi. Bu aloqadorlik siyosatning o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarini aniq va samarali bajarilishiga ko’maklashadi. Siyosatning eng muhum harakterli tomoni shundaki, u insonning ongi va faoliyatidan tashqarida sodir bo’lmaydi. Xuddi shuning uchun ham siyosat inson siyosiy yetukligi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Inson siyosiy yetukligi ham, o’z navbatida, bir butun yaxlit struktura bo’lib, bir necha barqaror elementlardan tarkib topadi. Inson siyosiy yetukligining barqaror elamentlaridan biri - siyosat to’g’risidagi bilimlardir. Siyosat to’g’risidagi bilimlar deganda, eng avvalo, siyosiy tuzum, siyomy hokimiyat amalga oshirayotgan ichki va tashqi siyosat mohiyati, mazmunini ilg’ab olish uchun zarur bo’lgan axborotlar, ma’lumotlar, tasavvurlar, tushunchalar, hukmlar, xulosalar tushiniladi. Shuningdek, jamiyatning siyosiy tizimi uni vujudga keltirgan tashkilotlar, muassasalarning o’rni va ahamiyati haqidagi bilimlar, jamiyatning boshqaruv mexanizmi, ya’ni jamiyatning siyosiy tizimga tayanadigan g’oyaviy-nazariy asoslar, normalar va prinsiplar haqidagi bilimlar, davlatning tuzilishi, fuqarolaming davlatni boshqarish ishlariga ishtiroki haqidagi ma’lumotlar; inson haq-huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro va davlat hujjatlari, ayniqsa, inson siyosiy erkinligini kafolatlovchi huquqiy normalarining bajarilishi haqidagi ma’lumotlar tushuniladi. Siyosiy bilimlar insonning umumiy ma’lumot darajasi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Chunonchi, insonning umumiy ma’lumot darajasi qancha yuqori bo’lsa, uning siyosiy bilimlari saviyasi shuncha baland bo’ladi va, aksincha, kishinig umumiy ma’lumot darajasi qancha zaif bo’lsa, uning siyosiy bilimlari ham shuncha past bo’ladi.Siyosiy bilimlar darajasi qancha baland bo’lsa, insonning siyosiy saviyasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham siyosiy bilimlari zaif kishilar hamisha siyosatdan yiroq bo’ladilar. Jamiyatning siyosiy hayotida ishtirok etmaydilar. Tajriba shundan dalolat beradiki, siyosiy bilimlar darajasi past kishilar turli mish-mishlarga, uydirmalarga ishonuvchan bo’ladilar. Har tomonlama ilmiy asoslangan chuqur siyosiy bilimga ega bo’lgan kishida, jamiyatni, davlatni boshqarish ishlariga qatnashish istagi ham kuchli bo’ladi.Xuddi shuning uchun ham O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishishi bilan fuqarolarning jamiyatni, davlatni boshqarishishlariga qatnashishlari uchun real imkoniyatlar yaratildi. Bunday tendensiyaning kuchayib borayotganligini biz o’tkazgan sosiologik tadqiqodlar ham yana bir bor isbotladi. “O’zbekiston fuqarolarining jamiyat va davlat ishlariga ishtirok etishlari uchun real imkoniyat yaratilganmi?” degan savolga so’ralganlardan 31,2% - “ha, yetarli imkoniyatlar yaratilgan”; 14,2%- “katta imkoniyatlar yaratilgan”; 32,5%- “shunday imkoniyatlar kam bo’lsada mavjud” deb javob yuyergan ibo’lsalar, 12,9% - “imkoniyatlar qonun yordamida rasmiylashtiralgan bo’lsada, amalda bunday imkoniyatlar mavjud emas”; 5,4% esa - “bunday imkoniyatlar mutlaqo mavjud emas” deyishdi1. Fuqarolarning jamiyatni, davlatni boshqarish ishlariga intilishlarining ortib borishi bilan ularning siyosiy bilimlarin o’rganishga bo’lgan ehtiyojlari ham kuchayib bormoqda. Chunonchi, “Siyosiy adabiyotlarni mustaqil o’qib turasizmi?” degan savolga so’ralganlardan 21,5%- “ha, muntazam o’qib turaman”, 18,3% - “tez-tez o’qib turaman”, 17,9%-“zaruriyat bo’lganda o’qiyman” deyishgan bo’lsa,5,3%-“umuman o’qimayman”- deb javob berishdi. Javoblardan ko’rinib turibdiki, 40% ga yaqin kishi siyosiy adabiyotlarni doimiy o’qib borayotgan bo’lsalar, 54,9% bunday mashg’ulot bilan ahyon-ahyonda, zaruriyat bo’lganidagina shug^ullanadilar1. Turgan gapki, bunday holat , yani fuqarolar siyosiy bilimlarining buugngi darajasi, mamlakatimizda bunyod etilayotgan insonparvar, demokratik jamiyat talabiga to’la javob bermaydi. Xuddi shuning uchun ham fuqarolarning siyosiy bilimlarini oshirishning samarali yo’llarini izlab topish - bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Siyosiy bilimlari uzluksiz oshib borayotgan fuqarolarda, siyosiy axborotlarga bo’lgan ehtiyoj borishi bilan unda yangi siyosiy axborotlarga uzluksiz o’sib borayotganligi kuzatilmoqda. Aniqrog’i, insonning siyosiy bilimlari oshib bo’lgan ehtiyoj kuchayib boradi. U bunday ehtiyojni qondirish vositalarini izlay boshladi. Bugun O’zbekistonda fuqarolarning siyosiy bilimlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun barcha imkoniyat mavjud ekanligini alohida takidlamok zarur. Bu borada, shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining xizmati beqiyosdir. Fuqarolarning siyosiy ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyatini bilish maqsadida sosiologik tadqiqotlar o’tkazdik. Tadqiqotlarimizda ishtirok etgan kishilarga «Ommaviy axborot vositalaridan olgan ma’lumotlaringiz sizni qoniqtiradimi?»- degan savol bilan murojaat qildik. Sosiologiya anketa savollariga javob bergan kishilarning 13,8% -“hamisha qoniqtiradi”, 50,3% - “aksariyat xollarda qoniqtiradi” deyishgan bo’lsa, 25,6% - “ommaviy axborot vositalarida berilayotgan materiallarning sifati meni qoniqtirmaydi”, 8,3% - “ommaviy axborot vositalarida berilayotgan materiallarning sifati past” deb o’z fikr mulohazalarini aniq bayon qildilar, 1,9% - ommaviy axborot vositalarida berilayotgan materiallar haqida “aniq fikrni bayon qilishim qiyin” , - deb javob berdilar. “Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallarning saviyasi haqida nima deya olasiz?” degan savolimizga: 13,3%-“materiallar yuqori saviyada tayyorlangan bo’ladi”, 29,85%-“materiallaming aksariyat qismi yuqori saviyada tayyorlangan bo’ladi”, 38,8%-“faqat ba’zi materiallar yuqori saviyada tayyorlangan bo’ladi” deyishgan bo’lsa, 14,4%-“materiallarning saviyasi nihoyatda past” degan fikrni bayon etdilar. 3,7% esa-“bilmayman” deb o’z fikrlarini ro’y-rost aytdi. “Ommaviy axborot vositalarining yordamida o’zingizning bilimlarini oshira olastzmi?” degan savolga: 20,2%-“ha oshira olaman”, 53,8%-“qisman oshira olaman”, deyishgan bo’lsa, 18,4%-“yo’q oshira olmayman”, 7,6%-“aniq javob berish qiyin”,-dedi. “Ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyoti to’liq yoritilmoqdami?” degan savolimizga so’roqda ishtirok etgan kishilarning 12,5%-“ha”, 45,2%- “ancha keng yoritilmoqda”, deb javob berilgan bo’lsa, 35,3%-“sust yoritilmoqda”, 4,8% esa- “umuman yoritilmaydi”, deb javob berishdi. Ko’rinib turibdiki, ommaviy axborot vositalari fuqarolarning uzliksiz o’sib turgan madaniy-ma’naviy, xususan siyosiy axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’la qondirmoqda deb ayta olmaymiz. Buning oqibatida fuqarolarning ma’lum qismi o’zlarining yangi siyosiy axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun xorijiy axborot vositalariga murojaat etmoqdalar. Ommaviy axborot vositalarida fuqarolarning quvonchlariyu tashvishlari, ularni bezovta qilayotgan muammolar, xususan ayrim kishilarimiz ongi va faoliyatida hukumronlik qilayotgan siyosiy loqaydlik, siyosiy kaltafahimlik kabi illatlarni bartaraf etish yo’llari, usullari va uslublari o’z ifodasini topayotgani yo’q. Ikkinchidan, fuqarolarning katta qismi mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston Konstitusiyasi kafolatlab bergan so’z erkinligi, yani o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon qilishdek muqaddas huquqdan to’la foydalana olmayaptilar. Uchunchidan, mustabit tuzum mafkurasi tufayli fuqarolar ongi va faoliyatida mustahkam o’rnashib olgan siyosatdan yiroq turish, siyosatga aralashmaslik kayfiyati, siyosiy voqyealarni kimningdir qosh-qavog’iga, allaqanday nizom yoki yo’l-yo’riqqa qarab baholash kabi ijtimoiy illatlar kishilar turmush-tarzidan juda sustlik bilan surib chiqarilayotganligidan dalolat beradi. To’rtinchidan, fuqarolar siyosiy madaniyatini shakllantirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni va shakllarini takomillashtirishning samarali yo’llarini izlab topish zaruriyatining o’sib borayotganligidan darak beradi. Sosiologik tadqiqotlardan yana bir narsa ayon bo’ldiki, siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar insonning kundalik ijtimoiy amaliyoti chig’irig’idan o’tkazilganida o’sha bilimlar, o’sha axborotlarning chinakam mazmuni, mohiyati namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar insonning kundalik amaliy faoliyatiga tatbiq etilganda uning mazmun va mohiyati yaqqol ko’rinadi. Inson siyosiy voqyealar, siyosiy jarayonlar mazmunini chuqurroq tushuna boshlaydi. Siyosiy voqyealar, siyosiy jarayonning mohiyati, mazmunini chuqur anglash - insonning o’sha real ijtimoiy voqyeylikka bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartiradi. Boshqacha aytganimizda, insonda yangicha fuqarolik mavqyei vujudga keladi. Vujudga kelgan siyosiy vazitga qarab inson xatti-harakatining yo’nalishini aniqlaydi. Oqibatda insonda barqaror siyosiy e’tiqod vujudga keladi. Ko’rinib turibdiki, siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar insonning siyosiy faoliyati darajasiga ko’tarilishi uchun bir qator bosqichlarni bosib o’tadi. Chunonchi, dastlabki bosqichda insonda siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlarni tinglashga moyillik bo’ladi. O’sha moyillik, ya’ni hayotiy zaruriyat tufayli inson siyosiy bilimlar va axborotlarni o’rganishga, o’zlashtirib olishga kirishadi. Ikkichi bosqichda inson eshitgan siyosiy xabarlarini har birining o’ziga xos xususiyatlari borligini asta sekin anglab oladi. Uchunchi bosqichda siyosiy bilimlar, axborotlar e’tiqod darajasiga ko’tariladi. Insonda o’sha bilimlarni turmushga tadbiq etish istagi vujudga keladi. O’z navbatida xuddi o’sha anglash, tushunish, ishonish inson siyosiy yetukligini vujudga keltiruvchi tarkibiy elementlar hisoblanadi. Xuddi shu tarkibiy- strukturaviy inson siyosiy yetukligining holati, darajasini aniqlovchi mezonlar vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, inson siyosiy yetukligining darajasi, uni vujudga keltirgan tarkibiy-strukturaviy elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning mustahkamligi siyosiy bilimlardan, siyosiy axborotlardan oqilona foydalana olish malakasi, ko’nikmalarini hosil qilish; siyosiy voqyealar, jarayonlarni birini ikkinchisi bilan taqqoslash, uni to^ghi baholash, tariflash; siyosiy voqyealar, jarayonlar to’g’risida aniq hukumlar, xulosalar chiqarish; turli muammolar yechimining eng optimal yo’lini, uslubini izlab topish; siyosiy voqyealar, jarayonlar rivojlanishi tufayli ro’y beradigan oqibatlarni oldindan ko’ra bilish imkoniyatlarini yaratadi. Turgan gapki, siyosiy yetuklikning tarkibiy elementlarining har birining o’ziga xos xususiyatlari va funksiyalari bor ekanligini unutmaslik lozim. Yuqoridagi tahlil shundan dalolat beradiki, inson siyosiy yetukligi, nafaqat siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar darajasiga, balki o’sha bilimlar, axborotlar yordamida davlat amalga oshirgan va oshirayotgan ichki va tashqi siyosat mazmuni, mohiyatini tushunib yetish bilan bog’liq. Shuningdek, inson siyosiy yetukligi nafaqat siyosiy bilimlar asosida shakllangan siyosiy e’tiqodiga, balki mamlakat siyosiy hayotiga ishtirok etishiga, ya’ni o’zida mavjud bo’lgan siyosiy bilimlarni, axborotlarni turmushga tatbiq eta bilish, o’sha voqyealarga baho bera olish qobilyatiga ham bog’liq. Ko’rinib turibdiki, inson siyosiy yetukligi deganda uning nafaqat siyosiy e’tiqodi, balki siyosiy faoliyati ham tushiniladi. Boshqacha aytganimizda, siyosiy yetuklik - mustaqil shaxsning eng muhum insoniy harakteristikasi bo’lib, bu fazilat o’ziga siyosiy bilimlarni, axborotlarni to’plash, o’sha to’plangan, o’zlashtirilgan siyosiy bilimlarning etiqodga aylanish jarayonini, siyosiy e’tiqodga asoslangan ijtimoiy - siyosiy faoliyatini mujassamlashtiradi. Shunday qilib, siyosiy yetuklik deganda nafaqat inson siyosiy bilimlarining hajmi, nafaqat davlat siyosatining mohiyati, mazmunini tushunish, nafaqat kishilar siyosiy e’tiqodini, balki siyosiy voqyealar, jarayonlarni baholay olish, siyosiy munosabatlarni boshqara olish malakasi, jamiyatda mavjud bo’lgan siyosiy an’analarni bilish va unga rioya qilish qobilyati tushuniladi. Xuddi shuning uchun inson siyosiy yetukligini bir butun yaxlit strukturaga birlashtirib turgan asosiy elementlar: siyosiy bilimlar (uning hajmi, harakteri), siyosiy qadriyatlar va baholar (siyosiy voqyealrni baholay bilish qobilyati), siyosiy e’tiqod va ijtimoiy siyosiy faoliyatdir. Mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyat qurilishi avj olgan hozirgi sharoitda fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faoliyatining eng ko’p tarqalgan shakllari: kishilaming insoniy haq-huquqlarini himoya qilish, atrof-muhit musaffoligi uchun kurash, milliy va umuminsoniylik qadriyatlar mushtarakligini ta’minlashga intilishi, xalqaro demokratiya prinsiplariga rioya qilishga urinish, qurollanish poygasiga chek qo’yish, armiyani qisqartirish, tinchlikni himoya qilish harakati, madaniy-tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish, sog’lom avlodni shakllantirish, erkaklar bilan xotin-qizlar tengligini ta’minlashga qaratilgan harakatlardir. Fuqarolar turmish tarziga xalqaro demokratiya prinsiplarining kirib kelishi, ularni jamiyat, davlat ishlariga, xususan, davlatning ichki va tashqi siyosatini shakllantirishga faol ishtirok etishlari uchun real imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Endilikda siyosat bilan bir gruppa mutaxassislar yoki jamiyatning, davlatning boshqaruv mexanizmini boshqarib turgan rahbar xodimlar emas, balki butun boshliq jamiyat a’zolari shug’ullanadilar. Siyosat millionlab kishilarning kundalik yumushiga aylandi. Oqibatda siyosat haqida hamma o’z fikr-mulohazalarini bemalol ayta oladi. Xuddi shuning uchun ham ijtimoiy-siyosiy faoliyat inson siyosiy yetukligining eng asosiy ko’rsatkichidir. Inson ijtimoiy-siyosiy faoliyatining mustahkamligi, ishonchli, barqarorekanligini ifodalovchi eng muhum fazilat - ijtimoiy-siyosiy faoliyatdir. Ijtimoiy-siyosiy faollik o’z tarkibiga ijtimoiy-siyosiy faoliyatning ma’lum bir shaklini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ruhiy-psixologik tayyorgarligining holati, darajasi, uni amalga oshirishda insonning insonga xos harakteri, xususiyatini namoyon qiladigan, sof ixtiyoriylikka, beg’arazlikka, asoslangan ijtimoiy elementlarni qamrab oladi. Ijtimoiy-siyosiy faollik amaliy faoliyat shakli bo’lib, jamiyat, davlat, jamoa, millat yoki elat, sinf yoki tabaqa, siyosiy partiya yoki jamoat tashkilotlari mafaatlari yo’lida insonning o’z ixtiyori bilan amalga oshiriladi. Bunday yumishlarni amalga oshirishda qandaydir lavozim yoki mukofotga erishish emas, balki bepul, bemillatlikka asoslangan axloqiy qoidalar ichki turtki berib turadi. Ijtimoiy-siyosiy faollik ish vaqtida emas, ishdan so’ng bo’sh vaqt boirasida amalga oshirilishi uning o’zga xos xususiyatini isbotlab beradi. Inson ijtimoiy-siyosiy faolligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi - fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mayishiy va sport ishlariga ishtirokini taminlovchi omillar, vositalar; ijtimoiy-siyosiy faollik uchun sarflangan vaqtning miqdori va undan samarali foydalanish yo’llari uslublari; ijtimoiy-siyosiy faoliyat ko’rinishlariga bo’lgan munosabat va uni amalga oshirish uchun turtki berib turgan motiflar kabi elementlarni o’zida birlashtiradi. Shuningdek, zamondoshlarimiz ilg’or qismining ijtimoiy-siyosiy faolligini ifodalovsi muhum ko’rsatkichlardan yana biri- o’z xalqi, millatini har qanday dahshatlardan, fojealardan saqlashga, unung tinch osoyishta mehnatini himoya qilishga bo’lgan intilishidir. Mamlakatimizda “Hyech kimga bermaymiz seni , O’zbekiston” shioriostida amalga oshirilayotgan tadbirlar - fikrimiz isbotidir. Ijtimoiy-siyosiy faollik ajdodlarimizdan-avlodlarimizga meros bo’lib o’tib kelayotgan ijtimoiy fazilatdir. Chunki ota-bobolarimiz el, brt manfaatini o’z manfaatidan ustin qo’yganltgi, savob talab bo’lganligi hyech qanday isbot dalil talab qilmaydigan haqiqatdir. Afsuski, ularning vorislari bo’lgan bugungi fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligi darajasi bir xil deb bo’lmaydi. Aholining turli tabaqalari, turli qatlamlari turlicha ijtimoiy-siyosiy faollikka ega. Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligining holati va uning shakllari o’rtasida ma’lum farq, tafovut borligi hyech kimga sir emas. Mamlakatimizga demokratlashtirish jarayoninig kirib kelishi, shu munosabat bilan o’tkazilgan turli bahslar, munozaralar, u yoki bu muammo yuzasidan bildirilgan biri ikkinchisiga mutlaqo qarama-qarshi plyuralistikfikr-mulohazalar fuqarolarning siyosiy yetukligi insonparvar, demokratik jamiyat talablari darajasi emasligini isbotlaydi. Mamlakatimizda inqilobiy o’zgarishlar sobir bo’layotgan hozirgi sharoitda ayrim fuqarolarning siyosiy saviyasining zaifligi, ijtimoiy-siyosiy loqaytlik, siyosiy passivlik, siyosiy voqyealarga nisbatan o’z fikr-mulohazasini ro’y-rost aytmaslik, kuzatuvchanlik, kutib turish kabi holatlar sodir bo’lmoqda. Bunday zararli ijtimoiy illat o’z komiga ba’zan bugun mehnat jamoalarini tortib ketmoqda. Bunday illatlarning urchib ketish sabablarini, fuqarolarning o’zlari mehnat jamoalari rahbarlarida siyosiy bilim va tajribalarning yetishmasligidan (25,5%), rahbarlar munosabatidan rasmiyatchilikdan (11,3%), inson ijtimoiy-siyosiy faolligining mohiyati, maqsadi, vazifalarini tushunib yetmaslik oqibatida uning maqsad va muddaosi yo’q deb o’ylashdan (17,4), bo’sh vaqtning yo’qligidan (12,9%) izlashmoqda. Shunday qilib siyosiy yetuklik - shaxs mustaqilligini ifodalovchi muhum alomatlardan biridir. O’z navbatida, siyosiy yetuklik - mustaqil shaxs ijtimoiy qiyofasining muhum tavsifidir. Siyosiy yetuklik - inson ijtimoiy - siyosiy faoliyatini namoyish qilishning muhum usuli uning o’ziga xos tashkiliy shakli bo’lib, o’zida siyosiy qadriyatlar, siyosiy normalar, siyosiy prinsiplarni birlashtiradi. Shuningdek, inson ijtimoiy - siyosiy faoliyatiga turtki berib turuvchi yo’l - yo’riqlar, uning ijtimoiy - siyosiy faolliligining turli shakllari to’plamidir. Siyosiy yetuklik - nafaqat siyosiy bilimlar to’plami, balki uni o’zlashtirish darajasi, o’sha bilimlarning turmushga, eng avvalo, siyosatga tatbiq etish malakasi, ijtimoiyo- siyosiy voqyealarni, jarayonlarni taxlil qila bidish, o’sha ijtimoiy - siyosiy vokealarning vujulga kelish sabablarini, uni harakatga keltiruvchi kuchlarini, tendensiyalarini aniqlab berish maxorati, ijtimoiy - siyosiy hayotga sodir bo’layotgan o’zgarishlarni baxolay bilish qobilyatidir. Shunindek, siyosiy yetuklik - siyosiy bilimlarni, siyosiy etiqotga aylanishi natijasida inson shaxsida shakllangan hayotiy mo’ljallardir. Siyosiy yetuklik -bu fakat shahsning siyosiy tafakkuri emas, ayni payda siyosiy hulk -atvori, siyosiy hatti -harakati usulidir. Insonning hokimiyatni boshkarish ishlariga aralashuvining xolati, darajasi davlatni va ijtimoiy hayotni boshqarish ishlariga ishtiroki, fuqarolik huquqlaridan amalda foydalana bilishdir. Siyosiy yetuklik shaxs mustaqilligini ifodalovchi eng muhum insoniy fazilat bo’lib shakllanish jarayonida turli bosqichlarni bosib o’tadi. Chunonchi, u o’zining dastlabki bosqichida siyosiy bilim, siyosiy fikrlash uslubi shayelida namoyon bo’lsa, ikkinchi bosqichda siyosiy his - tuyg’u, siyosiy baholar, siyosiy kayfiyatlar, siyosiy qadriyatlar shaklida sodir bo’ladi. Uchunchi bosqichda esa, ijtimoiy - siyosiy faoliyat uning eng muhum shakli - ijtimoiy - siyosiy faollik shaklida ko’rinadi. O’z navbatida, siyosiy yetuklik shakllanishi jarayonida bosib o’tgan har bir bosqichdagi o’ziga xos holatlar - shaxs siyoisy yetukligining tarkibiy komponentlari hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida xuddi shu komponentlar inson siyoisy yetukliginig shakllanganligi xolati, rivojlanganligi darajasini o’lchovchi. Fuqarolik jamiyatida inson omili va siyosiy yetukligi muammosi mezonlar vazifasini ham bajaradi. Siyosiy yetuklik - shaxs siyosiy ongi bilan shaxs siyosiy faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning mustahkamligini ifodalovchi qudratli ko’satgichdir. Ana shu birlik qancha mustahkam bo’lsa, shaxs ijtimoiy - siyosiy faoliyati shuncha barqaror bo’ladi va inson amaliy faoliyatining hamma jabhalariga o’z ta’sirini o’tkazadi. Shaxsning siyosiy yetukligi fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil sifatida karalishi yuqoridagi fikr va mulohazalardan ko’rinib turibdi-ki, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilayotgan barcha harakatlarda, shu borada qabo’l qilingan normativ hujjatlarning ijrosini taminlashda muhim vosita hisoblanadi. Download 50.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling