Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati o’rni
Download 50.83 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati o’rni.
Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati o’rni. Shaxsning siyosiy yetukligi ijtimoiy fenomen sifatida. Fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish – demokratik jamiyat qurish omili. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati o’rni. Madaniyat hodisasi keng ma’noda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar ta’sirlar ostida o’zgaradi va jamiyatga ham shunday ta’sir ko’rsatadi. Natijada madaniyatning turli funksiyalari vujudga keladi: 1. Tarbiyaviy vazifalari: Bo’lar ma’lum, konkret (jamiyat, o’zi uchun kerakli bo’lgan, o’zi istagandaka) shaxsni shakllantirishga mrijallangan. Boshqacha aytganda, jamiyat qo’ygan konkret vazifalarni singdirish yo’li bilan jamiyat talabidagi shaxsni tarbiyalash. Madaniyat jamiyat rivojlanishi yo’lidagi talablarni qondiradi. 2. Gnoseologik (olamni o’zlashtirish) funksiyasi: Bu funksiya yordamida madaniyat kishini biron-bir faoliyat olib bora olishi uchun, tabiatni, olamni rzlashtira olishi uchun ma’lum bir bilimlar bilan qurollantiradi. 3. Normativ funksiya. Uning mazmuniga jamiyat a’zolari xulqini nazorat 3ilish kiradi. Ma’lumki, kishidan ma’lum bir xulq, odob-ahloq normalariga rioya qilish talab qilinadi, tabiiyki bu xulq normalari vaqt o’tishi bilan kishining hayot tarziga aylanadi. Bu ijtimoiy normalarni shakllantirish madaniyatning normativ funksiyasiga kiradi ya’ni, ularni shakllantirishni madaniyatning normativ funksiyasi o’z zimmasiga oladi. Bu funksiya shuningdek, an’ana, millat ruhiyati, jamiyat etikasi kabi shakllarni o’z ichiga oladi. 4. Axborotlarni o’zlashtirish va yig’ish funksiyasi xabarlarni yig’ish va saqlash vositasi tabiiy xotira yoki xabarlarni narsalarga yozish (qo’lyozmalar, kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohanrabo yoki raqamli yozuvlar) bo’lishi mumkin. Tar qanday holatda axborotlarni tashkil qilish, uning qadri va mazmuni bo’yicha tartibga solishning ma’lum usuli va belgilar tizimi zarur. Hozirgi davrda til belgilar tizimining keng qo’llaniladigan va o’ta axamiyatlisi bo’lib qolmoqda. 5. Kommunikativ funksiya (aloqa almashuv) - moxiyatni aniklashda bilimlar, fikrlar, ma’naviy kuchlarni almashlash. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda energiya, axborot, o’zaro amaliy hamkorlikni taqozo qiladi, negaki, faqat turli tiplarning munosabati (an’anaviy, funksional-axamiyatli, shaxslararo, ishlab chiqaruvchi, ma’rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning keyingi taraqqqiyotini ta’minlashga qodir. Bu funksiyalar majmuasi jamiyatda madaniyatning yashashi va rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Siyosiy madaniyat- milliy huquqiy tizimning elementi sifatida jamiyat va shaxsning huquqiy xolati sifatida baxolanishi mumkin bo’lgan aloxida ijtimoiy xodisa xisoblanadi. Siyosiy madaniyatning moxiyatiga oid barcha muammolar atroflicha o’rganilishi zarur. Chunki, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”da belgilangandek, “jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining siyosiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini oshirishni talab qilmokda. siyosiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy etikod va izchil amaliy faoliyat mamui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffakiyatli xal etilishini taminlaydi” . Shu bilan birga , har bir muayyan xolatda madaniyatning turli kurinishlarini tushunishda katiy belgilanadigan u yoki bu jixati ustun bo’ladi. Chunonchi siyosiy hayotda marifatparvarlikning shakllanishini taminlashda inson omilining axamiyatini oshirish nuktai nazaridan yondashilganda, etiborni avvalo siyosiy madaniyatning mazmuniga karatish zarurligi matlum bo’ladi. Siyosiy madaniyat tushunchasi, uning mazmuni va tarkibiy tuzilishi haqida turli qarashlar mavjud. Bizningcha, siyosiy madaniyatga berilgan quyidagi tarif katta ilmiy axamiyatga ega: “siyosiy madaniyat deganda, jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasini, davlat va hokimiyat munosabatlari, fuqarolarningg qonunga bo’lgan xurmati, davlat boshqaruvi va siyosiy tizim, siyosiy huquq va erkinliklar doirasi, huquq normalarining ijro etilish darajasi, huquqqa rioya kilmaganlarga murosasiz bo’lish, konunga itoatkorlik darajasini tushinamiz”. Jamiyatning siyosiy madaniyati huquqiy ong, konuniylik, konunlami takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan xamda insoniyat siyosat soxasida yaratgan butun boyliklarini kamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida qaraladi. Aslida, bu uning huquqiy tafakkur, yuridik texnika va huquqiy tajribaning mujassamlantirilishidir. U amal kilayotganda va uning tarkibiy kismlari rivojlantirilayotganida huquqning o’ziga, huquqiy amaliyot, huquqiy munosabatlarga, konuniylik va huquqiy tartibotga, huquqiy ijodkorlik va huquqni qo’llash, shuningdek, boshqa huquqiy faoliyatlarga, davlat hokimiyati munosabatlariga va butun ijobiy huquqiy borlikka singib ketadi. Siyosiy madaniyat insonsiz, uning dunyoqarashini belgilovchi faoliyatsiz, bunday faoliyat va tafakkurning progressiv yunalishisiz mavjud bo’la olmaydi. U jamiyatda huquqiy reallikning huquqiy amal qilinishi va rivojlanishidagi muxim jihatlarini qamrab oluvchi, anik belgilangan maksadlarga qaratilgan ijtimoiy xodisa sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek , huquqiy vositani qo’llashda shaxs va jamiyatni progressiv rivojlantirishga alohida etibor berish lozim. Siyosiy madaniyat fakat ijtimoiy taraqqiyot doirasidagina to’lik holda tushunilishi mumkin. Asl siyosiy madaniyat tarixiy ijobiy huquqiy tajribani etiborga olmasdan mavjud bo’la olmaydi. Jamiyatning siyosiy madaniyati ko’pincha siyosiy voqyelikning qimmatli bo’lagi, uning rivojlanishi darajasi sifatida namoyon bo’ladi. U ilg’or va ijobiy marifatparvarlikning siyosiy kadriyatlarini kamrab oladi Jamiyatning siyosiy madaniyati va huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va xavfsizligi, inson huquqlarini taminlash, uning huquqiy himoya etilishini va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin bo’lib xisoblanadi. Shaxsning siyosiy madaniyati jamiyat siyosiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat siyosat soxasida jamiyat tarakkiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs va jamiyat doimiy ravishda siyosiy jixatdan boyib boradi. Shubxasiz, shaxsning yuksak siyosiy madaniyati jamiyat tarakkiyotini taminlaydi. U insonning bilimdonligi bilan uygunlashib ketadi. Shaxsning siyosiy ongiga nisbatan o’ziga xos jixatlar ham mavjud. Shaxsning siyosiy madaniyati - jamiyat siyosiy madaniyatining zaruriy shart- sharoit va ilk bunyodkori, uning maqsadi va tarkibiy qismidir. Shu bilan, u qonuniy faoliyat darajasida aks etuvchi shaxs siyosiy rivojlanishining jihati xamdir. U jamiyat siyosiy holatining muayyan darajasiga bog’lik xolda uning muxim negizini tashkil etadi va uning asosida yotadi. Shaxsning siyosiy madaniyati amaliyotda uning ijobiy siyosiy ongini takozo etadi. Bu madaniyat siyosat soxasida jamiyatning progressiv yutuklariga mos keluvchi ijodiy faoliyatni tashkil etib, shaxsning siyosiy jihatdan doimo boyishiga imkon beradi. Shunday kilib, shaxs va jamiyatning siyosiy madaniyati umuminsoniy qadriyatlar va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim natijasidir. Siyosiy madaniyat -huquqiy davlatning ajralmas qismi hisoblanadi. Istiqlolga erishgan O’zbekiston o’zining milliy huquqiy tizimini shakllantirilmokda. Bundan maksad yosh mustaqil davlat rivojlanishini huquqiy jixatdan har tomonlama tamirlashdir. Bu maksadga erishish yo’lida jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy, madaniy va siyosiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab kilmokda. Zero, siyosiy madaniyat milliy huquqiy tizimning tarkibiy kismi xamda siyosiy bilim , huquqiy etikod va izchil amaliy faoliyatning majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini taminlaydi. Demak, “Demokratik jamiyatga- yuksak siyosiy madaniyat” shiori jamiyatimizning asosiy g’oyalaridan biriga aylanmogi lozim. Prezidentimiz fuqarolik jamiyatining davlat organlari, fuqarolarning mansabdor shaxslar ustidan nazorat o’rnatishlari, ularning fuqarolar oldidagi mas’uliyatini oshirish masalalariga muhum e’tibor qaratdi. Ayniqsa, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ularning davlat organlari faoliyatidan xabardorligi, shuningdek, fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi keng ishtiroki fuqarolik jamiyatining eng muhum belgilaridan biri ekanligi kabi qoidalar ilgari surildi. Albatta, bu nazariy qarashlardagi ilmiy talqinlar nafaqat jamiyatning, balki davlatning kuchli va samarali faoliyat ko’rsata olish qobilyatini oshirish bilan uyg’unlikda amalga oshiriladiki, undagi asosiy g’oyalar inson erkinligini ta’minlash maqsadlarida uning o’zini faol va omilkor bo’lishga undaydi: “Hokimiyat tuzilmalarining demokratik mazmuni ko’p jihatdan davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirok etishi masalasi qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma’lum. O’zbekistonda ushbu huquqning amal qilishi uchun qonun asoslari yaratilgan. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni boshqarishda ishtirok etishi, o’zlari qanday boshqarilayotganligi haqida ma’lumot olish huquqini anglay boshlashiga va bu huquqdan foydalana oladigan bo’lishlariga erishish kerak. Shunday sharoitdagina davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o’z ma’sulyatlarini his qiladilar. Buning uchun fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish zarur”. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatinig shakllanishi fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini amalga oshirish bilan uzviy ravishda bog’liq holda kecha boshladi. Ayniqsa, yangi jamiyat xalq tomonidan demokratik qadriyatlarni o’z siyosiy madaniyatiga singdirib borishiga hamohang tarzda rivojlanib borishini e’tirof etgani holda quyidagi fikrlarni bildiradi: “Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari halq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir”. Shuningdek, Prezidentimiz fuqarolik jamiyatining rivojlanishida va uning barqarorligini ta’minlashda muholifatning o’rni masalasiga ham katta e’tibor beradi. Ma’lumki, de’mokratik mamlakatlarda muholifat o’z jamiyatlari va davlatlarining boshqaruv usullarini demokratlashtirishda, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda muhum ahamiyat kasb etadi. Siyosiy muholifat jamiyatda plyuralistik fikrlash va dunyoqaroshni shakllantiradi. Turli xil siyosiy usullar, yondashuvlar va qarashlar asosida kelajakni yaratish uchun intilish jamiyat a’zolarining tobora ko’proq manfaatlari va siyosiy irodalarini qamrab boradi. Natijada, jamiyatning ijtimoiy va siyosiy barqarorligini ta’minlash ongli ravishda izga tushadi. Shuningdek, muxolifatning bo’lishi davlat va hukumatni shakllantirish jarayonlarida fuqarolarning ustidan kimlar boshqarishini tanlash huquqiga ega bo’lishini ta’minlaydi, ularning siyosiy irodasi va istak-xohishi tobora kengroq oshkora namoyon bo’lib boradi. G’arb mamlakatlaridagi muxolifatning yaratuvchilik o’rnidan kelib chiqib, Prezident I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildiradi: “Jamiyatda barqarorlikni saqlash zarurligi haqida gapirar ekanmiz, siyosiy institut sifatida muxolifat masalasini tilga olmaslik mumkin emas. Bunday institutning mavjud bo’lishi demokratik jamiyat uchun shart bo’lgan va normal holdir. Ayni mahalda shunisi ham muhimki, u tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, tegishli yuridik maqomga ega bo’lishi, konstitusiya va qonun normalarini hurmat qilishi, o’z harakatlari bilan mamlakatdagi davlat va ijtimoiy tuzumning qat’iy, barqaror holatiuchun mas’ul bo’lishi, davlat qurilishining muqobil loyihalariga ega bo’lishi lozim”. Umuman olganda, Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlatdan -kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili ilg’or demokratik qadriyatlar bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni uyg’unlashtirish asosida rivojlanib bordi. Prezidentimiz O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish isloxotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish (liberallashtirish) konsepsiyasini ishlab chiqdi va uning quyidagi yo’nalishlarini belgilab berdi: - mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish; - mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko’ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish; - nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish; - jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash; - inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivoshlantirish. Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 7 sessiyasida o’z ma’ruzasida fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichi va tamoyillarini ilgari surdi: “Bizning oldimizda turgan yana bir muhim va dolzarb vazifa u ham bo’lsa, “Kuchli davlatdan - kuchli jamiyatga o’tish” degan shiorni amalda ro’yobga chiqarishdir. Bu maqsadga erishish uchun, birinchidan, davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o’zini o’zi boshqarish tuzilmalariga o’tkazish talab qilinadi. Bo’lar qatorida biz, birinchi navbatda, o’zini har tomonlama oqlagan mahalla tuzilmasini ko’zda tutamiz. Ikkinchidan - jamiyatimizda nodavlat, jamoat tashkilotlarining, avvalo fuqarolik institutlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularning faolligini oshirishga ko’mak va yordam ko’rsatish darkor”. Mamlakatda “Kuchli davlatdan -kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolik jamiyati qurish maqsadlarida davlat hokimyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o’zini o’zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi. Markaziy davlat hokimyati tasarrufida esa, asosan, faqat konstitusion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qfobilyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinliklarini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko’zda tutilmoqda. Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhum iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekalogiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik komunikasiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimyati, fuqarolar o’zini o’zi boshfarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart - sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda. Shu bilan birga, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlari ham asosan o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga o’tkazish belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzasi mamlakat jamiyatini demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasining, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizasiya va isloh etish bo’yicha asosiy vazifalarning dasturiy konseptual yo’nalishlari belgilab berildi. Mazkur ma’ruzada mamlakatni modernizasiya qilish borasida uzoqni ko’zlaydigan “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan tamoyilga asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtishning barcha yo’nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan maqsad va vazifalar aniq va ravshan ifoda etildi. Mamlakatda markaziy davlat hokimyati organlari vakolatlarini nomarkazlashtirish asosida kuchli jamiyatning shakllanishi usun shart-sharoitlar yaratish maqsadlarida “hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimyat organlariga o’tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo’shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish” vazifasi belgilandi. Shu bilan birga, “o’zini o’zi boshqarish organlari - mahalla qo’mitalari va qishloq fuqarolik yig’inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish” muhum vazifalar sirasiga kiritildi. Prezidentimiz o’zining mazkur qo’shma majlisidagi ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish masalalarini ilgari surar ekan, bu bilan aholining turli ijtimoiy va sosial guruhlari manfaatlarini ifodalovchi, mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo’lgan nohukumat va jamoat tashkilotlarining nufuzi va ta’sirini oshirishga katta e’tibor” berishga da’vat etdi. Shu boisdan ham aqlan yetuk, ruhan tetik, sog’lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda ijtimoiy mas’uliyatni to’g’ri his etadigan, muayyan kasb- hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O’zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi. Fuqarolik jamiyatidagi siyoisy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun - moxiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy moxiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki xodisaning o’zaro munosabati shakl bilan mazmunning o’zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati tula ma’noda mavjud bo’lishining shak-shubxasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidar. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin. Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida xam yakkol ko’rish mumkin. Zero iqtisodiy islohotlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi. Mamlaqatimizda mulk shaklini o’zgartirish xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Xususan, O’zbekiston Respubliqasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo’mitasi tashkil etilib (1992 yil), u mamlaqatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan shug’ullanib kelmokda. Prezidentning 1992-1993 yillarda qabo’l kilingan o’ttizdan ortik farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangan o’nlab vazirlik va davlat boshqa mulk shaklidagi konsern, assosiasiya, uyushma va jamgarmalarga aylantirilda. Jumladan, O’zbekiston Respubliqasi paxtachilik vazirligi zamirida «O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta maxsulotini sotish davlat aksiyadorlik assosiasiyasini tashkil etish to’g’risida»gi farmon asosida mazkur assosiasiya tashkil etildi (1992 yil 7 noyabr). Maxalliy sanoat vazirligi islox etilib, uning urnida Prezidentning 1992 yil 3 sentyabrdagi farmoni bilan «Maxalliy sanoat» davlat korparasiyasi tashkil etildi. Shuningdek, «O’zbeksavdo» assosiasiyasi(1992yil 5 may farmoni), «O’zbekiston xavo yullari» milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar farmoni) tashkil topdi va xokazo. 1997 yil 20 mayda «O’zbekiston Respubliqasi Vazirlar Maxqamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish to’grisida» qaror qabo’l kilindi. Bu qarorning asrsiy maksadi xukumat apparatini iqtisodiyotni boshqarishning bozor usullariga o’tqazishdan iborat edi. Vazirlar maxqamasi apparati bevosita sohaviy ma’muriy boshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga utdi. Buning ma’nosi shuki, Vazirlar Maxqamasi apparati xujalik yurituvchilar faoliyatiga aralashmaydi, iktisodiyotni davlat yuli bilan boshqarmaydi. Buning o’rniga u iqtisodiyotni bozor yuliga o’tqazishning umumiy strategiyasini ishlab chikdi, iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy komplekslar faoliyatini uygunlashtirish va muvofiklashtirish; xujalik yuritish shakllarini takomillashtirish, tarkibiy va institusional qayta o’zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, tadbirkorlik va rakobatni rivojlantirish bilan shug’ullanadi. Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalarining rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnak topishi uchun fuqarolik jamiyatida xurfikrlilik, siyosiy plyuralizm xam qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma’nodagi ko’ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng ko’lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoklari, uyushmalari, mexnatqashlarning mustaqil birlashmalari, fuqarolaming o’zini o’zi boshqarish organlari tizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralari bilan teng huquqli munosabatlarga kirisha olsin. Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot vositalari ham aloxida o’rin tutadi. Siyosiy soxada huquqiy davlatning asosiy vazifasi inson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta’minlab berishdan iborat. Konstitusiyaning 2-moddasiga ko’ra, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning idoralari avvalo fuqarolarning huquqlarini xurmat kilishlari lozim. Qonunda belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat idoralari va mansabdor shaxslar uchun muqaddas bo’lmogi lozim. O’z fuqarolarining xak-huquqlarini taminlab bera olmagan davlat demokratik huquqiy davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolar qonun oldida teng bo’lib, huquqning teng subyekti sifatida e’tirof etishlari lozim. Fuqarolar va ularning uyushmalari, davlat idoralari bilan teng huquqli subyektlar sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu munosabatlarda tomonlardan birining huquqi yoki manfaatiga putur yetqazilsa, u sudga murojat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o’z huquqini tiklashga erishish lozim. Huquqiy davlatchilikning muxum prinsiplaridan biri ana shu. Binobarin, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatiga bog’lik bo’lmay, balki uning manfaat va extiyojlariga bo’sinuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng jamiyat hayoti tubdan isloh qilindi. Davlat hokimiyati organlarini shakllantirish tartibi ham demokratik tamoyillar asosida takomillashtirildi. Demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri erkin va adolatli saylov tizimi joriy qilinganligidadir. Mamlakatimiz rahbari yurtimizda huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish vazifalarini amalga oshirish jarayoni haqida to’xtalib, shunday degan edilar: Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizasiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda. Ushbu bosqichning muhim dasturiy vazifalari - siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdan iboratdir. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamiyatda siyosiy islohotlarning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini yuqoridagi fikr va mulohazalardan anglashimiz mumkin bo’ladi. Jamiyat siyosiy madaniyati bu fuqarolarning siyosiy ongi va saviyasiga bog’liq ekanligi barchaga ma’lum. Fuqarolik jamiyatining siyosiy barqarorligi o’z navbatida konstitusion tuzumning ham siyosiy barqarorligiga olib keladi. Demak, jamiyat siyosiy madaniyatini yanada yuksaltirish, shu boradagi har birimizga yuklatilgan burch va majburiyatlarni to’la ado etishmiz, shuningdek, o’z navbatida qonun vakolat bergan siyosiy huquq va erkinliklardan faol foydalanishimiz zarur bo’ladi.
Download 50.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling