Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati o’rni


Fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish – demokratik jamiyat qurish omili


Download 50.83 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi50.83 Kb.
#214641
1   2   3
Bog'liq
REFERAT

Fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish – demokratik jamiyat qurish omili.

Demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishi eng muhim omillardan biridir. Bu haqida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrni bildiradi: “Hokimiyat tuzilmalarining demokratik mazmuni ko’p jihatdan davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirok etish masalasi qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma'lum. O’zbekistonda ushbu huquqning amal qilishi uchun qonun asoslari yaratilgan. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni boshqarishda ishtirok etish, o’zlari qanday boshqarilayotganligi haqida ma'lumot olish huquqini anglay boshlashiga va bu huquqdan foydalana oladigan bo’lishlariga erishish kerak. Shunday sharoitdagina davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o’z mas'uliyatlarini his qiladilar. Buning uchun fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish zarur. Barqaror, mustahkam tizimlarda, agar fuqarolarning siyosiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun hamma huquqiy, demokratik shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsa, aholining o’zi ixtiyoriy ravishda, professional asosda mamlakatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok etadi”.

Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o’rni beqiyosdir. Hozirgi davrda O’zbekiston jamiyatida 7 millionga yaqin fuqarolar kasaba uyushmalari faoliyatida, 600 mingdan ortiqroq fuqarolar esa siyosiy partiyalar a'zolari sifatida jamoatchilik ishlarida ishtirok etadilar. Shuningdek, millionlab fuqarolar yoshlar, xotin-qizlar, turli jamg’armalar, nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadilar. Mamlakat aeeiyolarida 661 ta, ooianlarda 4564 ta, oaha?larda 831 ta viloyat, shahar va tuman kengashlari aaiooaolari, 10.000 ga yaqin o’zini o’zi boshqarish organlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Mustaqillik davrida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ham muhim e'tibor berildi. Mamlakatda O’zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati jamiyatning barcha yo’nalishlarda keng faoliyat olib bormoqda. Harakat faoliyatining asosiy maqsadi - yoshlarni birlashtirish, sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o’z aql-zakovati, kuch-g’ayratini to’la namoyon etishi, jamiyatda munosib o’rin egallashlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat, deb belgilangan. Harakatga Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo’lida mehnat qilish va kurashishni o’zi uchun hayotiy e'tiqod deb biladigan, o’qishda, mehnatda, harbiy xizmatda, jamoatchilik ishlarida boshqalarga o’rnak bo’ladigan o’n to’rt yoshdan yigirma sakkiz yoshgacha bo’lgan O’zbekiston yoshlari a'zo bo’lishi mumkin. Harakatning viloyat, shahar va tuman bo’limlari, maktablar, litsey hamda kollejlar, oliy o’quv yurtlari, mehnat jamoalari, harbiy qismlarda bo’lim va boshlang’ich tashkilotlari faoliyat olib boradi. Mamlakatda 14 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan yoshlarning soni 7 milliondan ortiqroqni tashkil etadi. Hozirgi davrda harakatning boshlang’ich tashkilotlari soni 20 mingdan ortiqroqni tashkil etib, ular 4 milliondan ortiqroq yoshlarni birlashtiradi. Shuningdek, harakat tarkibida uning homiyligi asosida ishlaydigan 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarni birlashtirgan Bolalar tashkiloti o’z faoliyatini tarbiyaning o’ziga xos yondashuv va usullaridan foydalangan holda, bolalar dunyoqarashiga vatanparvarlik, ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etish, o’zini o’zi boshqarishni o’rganishni singdirish kabi yo’nalishlarga qaratgan.

Ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirishda saylovlar muhim o’rin tutadi. Unda avvalo, saylovchilarning ixtiyoriy ravishda bergan ovozlariga binoan siyosiy institutlarning legioemligi oshadi. Qolaversa, saylovlarda jamiyatdagi turli xil guruhlarning tinch raqobatdoshligi kutilganligi sababli ham saylash jarayonlari siyosiy ziddiyatlarni hal etishga olib keladi. Shuningdek, saylovlar aholi siyosiy manfaatlarini ifoda etuvchi siyosiy partiyalar, boshqa siyosiy tashkilotlarning faol harakatlari tufayli turli ekstremistik harakatlarni cheklab turadi. Shu bilan birga saylovlar fuqarola?ning ijtimoiy-siyosiy ijtimoiylashuviga ko’maklashadi. Saylovlar vaqtidagi turli kampaniyalar, ayni jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish kabi tadbirlar saylovchilarning siyosiy va huquqiy madaniyatini yuksaltiradi, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishiga qulay imkoniyatlar yaratadi.

O’zbekistonda fuqarolar ijtimoiy faolligining o’sib borishi ularning mamlakat davlat organlariga bo’lgan saylovlardagi ishtirokida ham sezilmoqda. 1999 yil 5 dekabrda ikkinchi marta demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisga bo’lgan saylovlarda 12,5 milliondan ortiq saylov huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 95,03 foizi ishtirok etdilar. Unda 250 ta Oliy Majlis deputatlari saylandi. Shuningdek, 2000 yilning 9 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar bo’lib o’tdi. Unda esa 12 million 123 mingdan ko’proq saylovchilar ishtirok etdilar. «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasining nomzodi Islom Abdug’anievich Karimov uchun 11 million 147 ming 621, yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdilar.



Mamlakatda o’tkazilgan saylovlarni tahlil etish shuni ko’rsatdiki, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi yildan-yilga o’sib bormoqda. Mamlakat fuqarolari hozir mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlar va islohotlarga nisbatan befarq emaslar. Ayniqsa, fuqarolarning o’z manfaatlarini ijtimoiy faollik va guruhiy nodavlat tashkilotlar vositasida ifoda etish, ularni qondirishga intilishlari rivojlanib bormoqda. Lekin, shu bilan birga, fuqarolarning qarorlar qabul qilishdagi faolligini oshirish uchun ular dunyoqarashida demokratik tamoyillar asosidagi siyosiy va huquqiy ongni singdirish ehtiyojlari sezilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, iqtisodiy va siyosiy hayotni erkinlashtirishdir.
Download 50.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling