Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Dafn etish xarajatlarining qoplanishi


Download 1.93 Mb.
bet257/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   324
1016-modda. Dafn etish xarajatlarining qoplanishi
Jabrlanuvchi vafot etganligi tufayli ko‘rilgan zarar uchun javobgar shaxslar dafn etish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar o‘rnini bu xarajatlarni qilgan shaxsga to‘lashlari shart.
Bu xarajatlarni qilgan fuqarolar tomonidan olingan dafn etish nafaqasi zararning o‘rnini qoplash hisobiga kiritilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.03.00 Tovarlar, ishlar yoki xizmatlar yetishmovchiligi natijasida yetkazilgan zararni undirish]
3-§. Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
1017-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari
Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot noto‘g‘ri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’i nazar, qoplanishi lozim.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni (ishning bajarilishi, xizmatning ko‘rsatilishi) tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki iste’mol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 7, 20-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi.
1018-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslar
Tovarning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga ko‘ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi tomonidan qoplanishi lozim.
Ishning (xizmatning) nuqsoni oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni ko‘rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Tovar (ish, xizmat) to‘g‘risida to‘liq yoki ishonchli ma’lumot bermaganlik oqibatida yetkazilgan zarar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq qoplanishi lozim.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling