Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Zararning o‘rnini qoplash to‘lovlari


Download 1.93 Mb.
bet256/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   324
1014-modda. Zararning o‘rnini qoplash to‘lovlari
Jabrlanuvchining mehnat qobiliyati pasayishi yoki uning vafot etganligi bilan bog‘liq zararni qoplash har oylik to‘lovlar bilan amalga oshiriladi.
Uzrli sabablar bo‘lgan taqdirda sud zarar yetkazuvchining imkoniyatlarini hisobga olib, undirish huquqiga ega bo‘lgan fuqaroning talabi bilan unga tegishli to‘lovlarni bir yo‘la, lekin uch yildan oshmagan vaqt uchun to‘lashni belgilashi mumkin.
Kelgusi vaqt uchun qo‘shimcha xarajatlarni undirish tibbiy ekspertiza xulosasi asosida aniqlanadigan muddatlarda, shuningdek tegishli xizmatlar va mol-mulk (yo‘llanma sotib olish, yo‘l haqini to‘lash, maxsus transport vositalari haqini to‘lash va hokazo) qiymatini oldindan to‘lash zaruriyati tug‘ilganda amalga oshirilishi mumkin.
Jabrlanuvchi qonunga muvofiq majburiyatning bekor qilinishini yoki muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli bo‘lgan hollarda, bunday talab vaqti-vaqti bilan to‘lab turiladigan tegishli to‘lovlarni kapitallashtirish yo‘li bilan qanoatlantiriladi.
1015-modda. Yuridik shaxs bekor qilingan taqdirda zararning qoplanishi
Hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan taqdirda, tegishli to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida bo‘ladi. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabnoma ham unga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham mazkur summalar davlat tomonidan to‘lanadi.
(1015-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to‘lovlar ularni qonunchilikda belgilangan qoidalarga ko‘ra jabrlanuvchiga to‘lash uchun kapitallashtirilishi lozim.
(1015-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yo‘qligi yoki yetarli emasligi sababli to‘lovlarni kapitallashtirish mumkin bo‘lmagan hollarda, belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
(1015-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling