Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkni meros qilib olish


Download 1.93 Mb.
bet295/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   324
1114-modda. Umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkni meros qilib olish
Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisining o‘limi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqdagi uning ulushini aniqlash va ushbu Kodeksning 226-moddasida belgilangan tartibda umumiy mol-mulkni taqsimlash yoxud undan vafot etgan ishtirokchining ulushini ajratish uchun asos bo‘ladi. Bu holda meros vafot etgan ishtirokchining ulushiga to‘g‘ri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan ochiladi, mol-mulkni natura holida taqsimlashning imkoni bo‘lmaganida esa — bunday ulushning qiymatiga nisbatan ochiladi.
Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqdagi o‘z ulushini vasiyat qilishga haqlidir, bu ulush uning vafotidan keyin ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
1115-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni meros qilib olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni meros qilib olish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ushbu Kodeks qoidalari bilan tartibga solinadi.
(1115-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi 662-II-son “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasining oltinchi, sakkizinchi qismlari, 21-moddasi, 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-son “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
1116-modda. Merosning ochilishi
Meros fuqaroning o‘limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi.
Meros qoldiruvchining o‘lgan kuni (zarurat bo‘lganda payti ham), u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli bo‘lgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma to‘rt soat) ichida vafot etgan bo‘lsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxo‘rlari vorislikka chaqiriladilar.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling