Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sotuvchining tovarni topshirish majburiyatini bajarish payti


Download 1.93 Mb.
bet3/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   324
390-modda. Sotuvchining tovarni topshirish majburiyatini bajarish payti
Basharti, oldi-sotdi shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchining sotib oluvchiga tovarni topshirish vazifasi quyidagi paytlarda bajarilgan hisoblanadi:
agar shartnomada sotuvchining tovarni yetkazib berish majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, tovarni sotib oluvchiga yoki u ko‘rsatgan shaxsga topshirish paytida;
agar tovar sotib oluvchiga tovar turgan erda berilishi lozim bo‘lsa, tovarni sotib oluvchi ixtiyoriga topshirish paytida. Shartnomada nazarda tutilgan muddatda tovar tegishli erda sotib oluvchiga topshirish uchun tayyor bo‘lgan va sotib oluvchi shartnoma shartlariga muvofiq tovar topshirishga tayyor ekanligidan xabardor qilingan vaqtda tovar sotib oluvchi ixtiyoriga topshirilgan deb hisoblanadi. Agar tovarning shartnoma maqsadlariga mosligi tamg‘alash yoki boshqa yo‘l bilan tasdiqlangan bo‘lmasa, tovar topshirish uchun tayyor deb hisoblanmaydi.
Oldi-sotdi shartnomasidan sotuvchining tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish yoki tovarni turgan erida sotib oluvchiga topshirish majburiyati kelib chiqmaydigan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchiga yoki aloqa tashkilotiga topshirish paytida sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
391-modda. Sotuvchining sotilgan mol-mulkni saqlash majburiyati
Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq mol-mulkni topshirishdan oldin sotib oluvchiga o‘tgan hollarda, sotuvchi mol-mulkning yomonlashishiga yo‘l qo‘ymay, uni topshirgunga qadar saqlashi shart. Buning uchun qilingan zarur chiqimlarni, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi sotuvchiga to‘lashi shart.
392-modda. Tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfining o‘tishi
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi sotuvchi tovarni sotib oluvchiga topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatini qonun yoki shartnomaga muvofiq bajargan deb hisoblangan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tadi.
Agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yo‘lda bo‘lgan paytida sotilgan tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi shartnoma tuzilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tadi.
Oldi-sotdi shartnomasining tovar tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi u birinchi tashuvchiga topshirilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tishi haqidagi sharti, agar shartnoma tuzilgan paytda sotuvchi tovar yo‘qolgani yoki shikastlanganini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa va bu haqda sotib oluvchiga ma’lum qilmagan bo‘lsa, sotib oluvchi talabiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling