Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Fuqarolik qonunchiligi / 03.17.00.00 Xalqaro xususiy huquq] [TSZ


Download 1.93 Mb.
bet313/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   324
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.17.00.00 Xalqaro xususiy huquq]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xalqaro xususiy huquq normalarini qo‘llash]
VI bo‘lim. Xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilish
70-bob. Umumiy qoidalar
1158-modda. Chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik- huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqni belgilash
Chet el fuqarolari yoki chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi yoxud chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq ushbu Kodeks, boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalar va e’tirof etilgan xalqaro taomillar asosida, shuningdek taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro tovarlar oldi-sotdisi shartnomalari to‘g‘risidagi konvensiyasi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 294-I-sonli qarori).
Taraflarning huquqni tanlashga doir kelishuvi ochiq ifodalangan bo‘lishi yoki bevosita shartnoma talablaridan va ishning ko‘rib chiqilayotgan barcha holatlaridan kelib chiqishi lozim.
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan eng uzviy bog‘langan huquq qo‘llanadi.
Chet el huquq normasi ommaviy-huquqiy xususiyatga ega bo‘lganligiga asoslanibgina uni qo‘llashni cheklash mumkin emas.
1159-modda. Huquqiy baho berish
Yuridik tushunchalarga sud yoki boshqa davlat organi tomonidan huquqiy baho berilishida, agar qonunda boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, bunday yuridik tushunchalarni nizo ko‘rib chiqilayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston Respublikasining huquqiga muvofiq sharhlashga asoslanadi.
Agar yuridik tushunchalar nizo ko‘rib chiqilayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston Respublikasining huquqiga noma’lum bo‘lsa yoki boshqa nom yoxud boshqa mazmun bilan ma’lum bo‘lsa va O‘zbekiston Respublikasining huquqi bo‘yicha talqin etish orqali aniqlanishi mumkin bo‘lmasa, ularga huquqiy baho berishda chet davlat huquqi ham qo‘llanishi mumkin.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling