Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Tayyorlovchining majburiyatlari


Download 1.93 Mb.
bet36/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   324
467-modda. Tayyorlovchining majburiyatlari
Agar kontraktatsiya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tayyorlovchi yetishtiruvchi joylashgan erda undan qishloq xo‘jaligi mahsulotini qabul qilishi (qabul qilib turishi) va olib ketishni ta’minlashi (ta’minlab turishi) shart.
Agar qishloq xo‘jaligi mahsuloti tayyorlovchi joylashgan erda yoki u ko‘rsatgan boshqa erda qabul qilinsa, tayyorlovchi yetishtiruvchi tomonidan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq va shartlashilgan muddatda keltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.
Tayyorlovchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini olib ketishni yoki qabul qilib olishni ta’minlamagan taqdirda yetishtiruvchiga qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymatini va uni keltirish xarajatlarini to‘laydi.
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlaydigan tayyorlovchi yetishtiruvchining talabiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash chiqindilarini taraflar kelishgan narxda yetishtiruvchiga qaytarishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 29-30-bandlari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son “2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan ta’minlash shartnomasi]
6-§. Energiya ta’minoti
468-modda. Energiya ta’minoti shartnomasi
Energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga (iste’molchiga) energiya berib turish majburiyatini oladi, abonent esa qabul qilingan energiya haqini to‘lash, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan energiya iste’mol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda o‘zi foydalanadigan energiya iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini ta’minlash majburiyatini oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-225-son “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-dekabrdagi 582-son “Elektr energiyasidan imtiyozli tarifda foydalanuvchi aholi uchun elektriste’moli hajmini normallashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling