Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Download 1.93 Mb.
bet35/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   324
5-§. Kontraktatsiya
465-modda. Kontraktatsiya shartnomasi
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to‘lash (to‘lab turish) majburiyatini oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 3-bandi.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, kontraktatsiya shartnomasiga nisbatan mahsulot yetkazib berish shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, tegishli hollarda esa davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga doir davlat kontrakti to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 437 – 456, 457 – 464-moddalari.
466-modda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchining majburiyatlari
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi o‘stirilgan (ishlab chiqarilgan) qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlovchiga kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdor va assortimentda topshirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 27-28-bandlari.
Agar mahsulot yetishtiruvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsuloti kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdor va assortimentda olinmasligi oldindan ma’lum bo‘lib qolsa, tayyorlovchi shartnomani bekor qilishni yoki o‘zgartirishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling