O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqorolik jamiyati fanining ilmiylik metodini yoritib bering
Ilmiylik – O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalarni tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko‘rsatish.
O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqorolik jamiyati fanining tarixiylik metodini metodini yoritib bering.
Tarixiylik - O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyatining shakllanishining tarixiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish.
Plyuralizm nazariyasiga ko’ra demokratik jamiyatning asosiy vazifalari nima
XX asrda fuqarolik jamiyati g‘oyasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etdi. Bunga avvalo totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo‘lishi va ularga qarshi demokratiya uchun kurash olib borish zaruriyati sabab bo‘ldi. Plyuralizm nazariyasi keng tarqaldi. Bu nazariyaga binoan, demokratik jamiyatning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
- fuqarolar totuvligiga erishish yo‘llarini izlash;
- aholining turli guruhlari manfaatlarini hisobga olish;
- qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish.
Tabaqaviy imtiyozlarning tugatilishi va fuqarolik huquqlarining paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim omili hisoblanadi. SHaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi.
“O’zbek modeli” nechta tamoyildan iborat va uni Strategiyadan farqi nimada
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan keng ko‘lamli islohotlar mamlkatimiz taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi.
Mazkur islohotlar mamlakatimiz Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan yaratilgan beshta tamoyilga asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo‘lishi, u har qanday mafkuradan ozod bo‘lishi lozim. Iqtisod o‘z qonuniyatlariga asoslanib rivojlanishi kerak;
Iqtisodni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqsodiyotiga o‘tilayotganda, davlat bosh islohotchi bo‘lib, uning boshqaruv tizimini qo‘ldan chiqarmaslik kerak;
Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya etishi kerak;
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng muhim vazifadir;
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog‘i lozim.
Mazkur tamoyillar «O‘zbek modeli» sifatida jahonda e’tirof etilgan O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining g‘oyaviy-nazariy negizi bo‘lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |