boshqacha sevolmaymiz, boshqacha muhabbatni
bilmaymiz ham. Men sevmoq uchun azob chekishni
istayman. Menga hozir o‘zim tark etgan o‘sha yerdan
boshqasi kerakmas, men faqat o‘shanigina qo‘msayman,
o‘zga hech qayerdagi hayotni xohlamayman va qabul
qilmayman».
Lekin u mahal allaqachon yo‘ldoshim meni xoli qoldirgan
edi. Men bo‘lsam o‘zim ham sezmagan holda nurlarga
belangan kunda jannatmonand zaminda ko‘z ochdim.
Nazarimda, o‘z yerimizdagi Grek arxipelagining orollaridan
birida yoki materikning shu arxipelagga yondosh
allaqanday bir burchagida turgandim. O, hamma narsa
o‘zimizdagiga o‘xshar, ammo faqat chor atrofda bayram
nafasi ufurar, ulug‘, muqaddas, uzoq ko‘z tikib erishilgan
ruhi kezar edi. Farahbaxsh moviy dengiz qirg‘oqlarga
sokin urilardi va oshkora, deyarli ongli mehr bilan ulardan
o‘pich olardi. Bo‘ychan xushmanzara daraxtlar butun
jozibasini ko‘z-ko‘z etar, ularning sonsiz yaproqlari esa
meni osoyishta, yoqimli shovullash bilan qarshi olar, go‘yo
menga mehr izhor etar edi. O‘t-o‘lanlar tiniq, dilxush
ranglarga burkanib yashnar edi. Qushlar gala-gala bo‘lib
havoda sayr etishar, mendan cho‘chimay qo‘lu
yelkalarimga qo‘nishar, nozik, popuk patlari bilan meni
shodon urib o‘tishar edi. Va, nihoyat, men baxtga qorilgan
bu zaminning odamlarini ko‘rdim. Ular yonimga kelishdi,
meni qurshab olishdi, kuchib o‘pa boshlashdi. Oftob
farzandlari, quyosh bolalari — o, ular qanchalar go‘zal edi!
Men o‘z yerimiz odamlarida hech qachon bu qadar komil
go‘zallikni ko‘rmagan edim. Faqat bolalarimizda hali
ruhiga gard qo‘nmagan paytlarda kuchsizgina bo‘lsa-da,
Do'stlaringiz bilan baham: |