Fyuchers operatsiyalarining mohiyati va ularni O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari


O‘zbekiston valyuta birjasida fyuchers operatsiyalarini amalga oshirish imkoni yaratildi. Shuningdek, davlat obligatsiyalari bilan savdo qilish uchun mobil ilova ishga tushirildi


Download 105.81 Kb.
bet5/15
Sana21.04.2023
Hajmi105.81 Kb.
#1372890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi

2. O’zbekistonda Fyuchers operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari.

O‘zbekiston valyuta birjasida fyuchers operatsiyalarini amalga oshirish imkoni yaratildi. Shuningdek, davlat obligatsiyalari bilan savdo qilish uchun mobil ilova ishga tushirildi.


O‘zbekiston valyuta birjasida ilk bor fyuchers operatsiyalarini amalga oshirish imkoni yaratildi.
2022 yining 3 oktabr kuni Markaziy bank va O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) tomonidan «valyuta birjasida valyutaviy fyuchers operatsiyalarining joriy etilishi, mobil ilova va likvidlik provayderlarining yo‘lga qo‘yilishi» mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Dastlab so‘zga chiqqan MB departament direktori Alimardon Adilov fyuchers operatsiyalari oldi-sotdisining yo‘lga qo‘yilishi bevosita spekulyatsiya va xedjirlash (sug‘urtalash) jarayonlari asosida amalga oshirilishi va provayder banklar bu orqali kelajakdagi risk xavfini kamaytirishga erishishini ta’kidladi.
Ushbu loyiha prezidentning 2021 yil 13 apreldagi [PF-6207-son] farmoni asosida ishlab chiqildi.
Valyuta xatarlarini kamaytirishga qaratilgan valyuta fyucherslarini joriy qilish va uni amaliyotga tatbiq etishda Moliya vazirligi va Markaziy bank mas’ul etib belgilangan.
Valyutaviy fyuchers — ma’lum bir miqdordagi valyutani bitim tuzilgan kundagi kelishilgan narx bo‘yicha kelajakda aniq bir kunda sotish yoki sotib olish shartnomasi.

Fyuchers savdolari uchun yangi platforma


Ichki bozorda moliyaviy vositalar sonini oshirish va ularning samaradorligini oshirish mavzusida O‘zRVB bosh direktori Rashidxon Usmanov so‘z yuritdi.
«Biz bugun tarixiy hodisaning guvohi bo‘lmoqdamiz. Moliya vazirligi, Markaziy bank va tegishli mutasaddi vakillar bilan hamkorlikla ushbu platformani yaratish ustida ko‘plab ishlar olib borildi. Shuni ta’kidlash joizki, platformadan foydalanuvchi invest kompaniyalar va marketpleys ishtirokchilariga yengillik sifatida joriy yilning 31 dekabriga qadar komission to‘lovlar olinmaydi», — dedi Usmanov.
Ma’lumot uchun, mutaxassislar tomonidan xorij tajribasi o‘rganilganda fyuchers savdolari uchun eng qulay muddat 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan vaqt deya belgilandi.
Xozirda platformaning kafolat jamg‘armasi 4 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Platformaga valyuta birjasiga tegishli Rhombus tizimi orqali kiriladi.

Download 105.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling