Fyuchers operatsiyalarining mohiyati va ularni O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari


Download 105.81 Kb.
bet6/15
Sana21.04.2023
Hajmi105.81 Kb.
#1372890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi

Mobil ilova


«UzCE Mobile GB» ilovasi prezidentning tegishli farmoni bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi» va O‘zRVBning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq joriy etildi.
«Ilovani Moskva, Qozog‘iston, Belarus, Chikago va Istanbul tajribasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqdik. Buning uchun Dart va Flutter dasturlash tilidan foydalandik. Ilovada DQQ bozoridagi auksionlar parametrlari, sotish, sotib olish, bekor qilish kabi amaliyotlarni bajarish, depo hisob-varag‘i, birja kotirovkalar va yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoni mavjud», — deya ma’lumot berdi regulyatorning Monetar operatsiyalar departamenti direktori o‘rinbosari Abror Mirzo Olimov.
Mobil ilova Android va iOS foydalanuvchilari uchun kerakli yuklab olish platformalariga joylashtirilgani ham aytib o‘tildi.
Shuningdek, joriy yilning 6−24 iyun kunlari test rejimida o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, ishtirok etgan 15 ta bank o‘trasida tuzilgan fyuchers shartnomalar hajmi 313,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shuning tahlil natijalari 77% banklar o‘z mijozlariga likvid derivativlar bozori mahsulotlarini taqdim etishni xohlashi ma’lum bo‘ldi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Taqdimot so‘nggida provayder banklar va valyuta birjasi o‘rtasida o‘zaro shartnomalar imzolandi.
Prezidentning tegishli farmoni bilan O‘zbekistonda valyuta birjasida valyutaviy fyuchers kontraktlari bilan oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Bu haqda Markaziy bank va O‘zRVB (respublika valyuta birjasi) ishtirokidagi yangi fyuchers platformasi va mobil ilova taqdimotida ma’lum qilindi.
Fyuchers savdolari uchun platforma
Valyuta fyucherslari bo‘yicha birja savdolari “ikkiyoqlama uzluksiz” auksion (metching) usulida O‘zRVBning “Rhombus” platformasida amalga oshiriladi.

Valyuta fyuchersi kontraktini oldi-sotdi qilishdan ikkita maqsad ko‘zlangan :



  • valyuta risklarini xedjirlash;

  • spekulyatsiya.

Valyuta birjasida valyuta fyucherslari savdolari AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida ilk bor valyutaviy fyuchers kontraklari bilan oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Ichki valyuta bozoridagi ushbu yangilik Markaziy bank va O‘zRVB bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbekiston respublika valyuta birjasida valyutaviy fyuchers operatsiyalarining joriy etilishi, O‘zRVB mobil ilovasi hamda likvidlik provayderlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi taqdimotda ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, tadbirda valyutaviy fyuchers kontraktlari, uni joriy etishdagi ahamiyatli jihatlar, “UZCE mobile GB” mobil ilovasining bozor ishtirokchilari uchun qulayliklari xususida ham atroflicha so‘z yuritildi.
Xo‘sh, valyutaviy fyuchers kontrakti nima degani? Bu shuni anglatadiki, ma’lum bir miqdordagi valyutani (bazaviy aktiv) bitim tuzilgan kundagi kelishilgan narx bo‘yicha kelgusida aniq bir kunda sotish yoki sotib olish shartnomasidir.
Valyutaviy fyuchers kontraktlarining joriy etilishi, o‘z navbatida, valyuta bozorida yangi turdagi instrumentlarning paydo bo‘lishiga hamda bu orqali korxonalarning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi shoklar ta’sirini yumshatishga yordam beradi.
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi savdolari ishtirokchilariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida “UZCE mobile GB” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Mazkur mobil ilovaning joriy etilishidan asosiy maqsad:


– treyderlarga O‘zRVBdan va ish joyidan tashqarida davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish va sotib olishda masofaviy ishtirok etish imkoniyatini berish;
– davlat qimmatli qog‘ozlari bozoriga oid birja ma’lumotlari va yangiliklaridan xabardor bo‘lish;
– davlat qimmatli qog‘ozlari savdo jarayonlarini yanada faollashtirishdan iboratdir.
“UZCE mobile GB” mobil ilovasidagi mavjud imkoniyatlar davlat qimmatli qog‘ozlari bozoridagi auksionlar parametrlariga oid ma’lumotlarni ko‘rish, kiritilgan buyurtmalarni bekor qilish, davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzish, REPO bitimlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ko‘rish, birja ma’lumotlari – kotirovkalar, birja yangiliklari va tahliliy materiallarni yoki ushbu bozorga oid boshqa birja ma’lumotlarini olish kabi afzalliklarni yaratishga xizmat qiladi.
“Ilovada davlat qimmatli qog‘ozlari bozoridagi auksionlar parametrlari, sotish, sotib olish, bekor qilish kabi amaliyotlarni bajarish, depo hisob-varag‘i, birja kotirovkalar va yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoni mavjud”, — dedi Markaziy bank Monetar operatsiyalar departamenti direktori o‘rinbosari Abror Mirzo Olimov.
Android va iOS foydalanuvchilari mobil ilovani “Google Play” va “AppStore"dan olishlari mumkin.
Taqdim etilayotgan mobil ilova “Google” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Dart” dasturlash tilida yaratilgan.

Download 105.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling