G. A. Berkinova ikkinchi tomondan ta'lim uzbek tilida olib boriladigan
DARSLIKLAR VA MASHQ DAFTARLARINI BEPUL FOYDALANISHGA BERISH TOʻGʻRISIDAGI
Download 0.98 Mb.
|
Darsliklar bildirishnomasi 7-v (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- G.A.Berkinova
- I. SHARTNOMA PREDMETI
- II. TOMONLARNING HUQUQLARI
- III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
DARSLIKLAR VA MASHQ DAFTARLARINI BEPUL
FOYDALANISHGA BERISH TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA Bir tomonidan 1-son umumta'lim maktabi nomidan (umumta'lim maktabi joylashgan tuman (shahar), 1-umumta'lim maktabining raqami (nomi) ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda «Maktab» deb yuritiluvchi direktor G.A.Berkinova ikkinchi tomondan ta'lim uzbek tilida olib boriladigan 7 “v”-sinf o‘quvchsi Bozorov To’rabek Zohid o’g’lining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud umumta'lim maktabi o‘qituvchisi, bundan buyon matnda «Foydalanuvchi» deb “Ijaraga oluvchi” mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi: I. SHARTNOMA PREDMETI 1.1. Maktab 2023/2024 o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024_ yil 30 maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi. 1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti bo‘lgan darsliklarva/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan beriladi: 1. Onatili.2. Adabiyot.3 .Texnalogiya 4.Algebra 5.Geometriya.6.Rustili.7.Fizika.8. Kimyo.9.Geografiya 10.Bialogiya. 11. O`zbekiston tarixi. 12. Jaxon tarixi. 13. Informatika 14. Ingliztili.15.Ingliztili 16.Tarbiya. II. TOMONLARNING HUQUQLARI 2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega. 2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega. III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI 3.1. Maktab quyidagilarga majbur: 3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish; 3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash. 3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur: 3.2.1. Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash; 3.2.2. Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish; 3.2.3. Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash: birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning bir baravari miqdorida; 2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning ikki baravari miqdorida; 5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida. 9-11 sinf o`quvchilarining har bir darslik va mashq daftarchalari uchun – uning to`rt baravari miqdorida. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling