G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni


Download 28.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/101
Sana26.10.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1724758
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101
Bog'liq
2021-2-сон

Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
103
http://interscience.uz
imkoniyati kengaydi.
Oldimizga qo‘ygan vazifa – alloma-ajdodlarimizning matematika fani 
rivojlanishiga qo‘shgan hissalarini muxtasar tarzda yoritib, ta’lim oluvchilar, 
pedagoglar, qolaversa, har bir yurtdoshimizning qalbiga g‘urur tuyg‘ularini 
singdirishdan iborat. 
Faxr bilan ta’kidlash lozimki, ulug‘ allomalarimiz Abu Abdulloh Al-
Xorazmiy, Abu Nosir Farobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino,Abu 
Rayhon Beruniy, G’iyosiddin al-Koshiy, Umar Xayyom, Nasriddin at-Tusiy, 
Mirzo Ulug‘beklarning matematikaga qo‘shgan hissalarini o‘rganish jarayoni 
ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi, bilimlarini oshirib
ularning vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi, milliy iftixor hissini oshiradi. 
Oliy ta’lim tizimida dars jarayonida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda 
matematika fani tarixiga oid ma’lumotlarni muntazam o‘qitish talabalarni 
milliy iftixor, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.
Buning uchun ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish zarur? Eng avvalo, 
Markaziy Osiyo tarixi juda qadimiy ekanligi, bir necha asrlar oldin bu 
o‘lkada fan va madaniyat rivojlanganligi, VII asrdan XV asrgacha Markaziy 
Osiyo matematiklari matematikaning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga 
erishganini aytib o‘tish ayni muddao bo‘ladi. 
Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda matematika fanini o‘qitishni
takomillashtirish bo‘yicha o‘zimizda yetarlicha ilmiy meros va an’analar 
mavjud. Faqat ularni bugungi kun talablari asosida zamonaviy ta’lim 
texnologiyalari, ilg‘or xorijiy yondashuv, amaliyotga keng o‘rin berish va 
tajriba bilan boyitish kerak.
Aytish o‘rinliki, respublikamizda globallashuv sharoitida yuz berayotgan 
ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar asosida Oliy ta’lim tizimida kasbiy va metodik 
faoliyat samaradorligini oshirish, bo‘lg‘usi pedagoglarning kreativlik 
potensialini rivojlantirish yuzasidan keng miqyosda izlanishlar olib 
borilmoqda. 
Mazkur jarayon bugungi kunda matematika fanini o‘qitish jarayonida O’rta 
Osiyolik qomusiy olimlarning ilmiy merosidan foydalanishning texnologik 
bosqichlari, o‘quv-bilish faoliyati tavsifiga mos keluvchi muammoli, 
hamkorlikda o‘qitish, individuallashtirish, izlanishli-tadqiqotchilik, o‘quv 
axborotlari ustida ishlash, ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilishning 
ustuvor yo‘nalishlari: noformal (o‘qitish – asosiy izlanish “Hamkorlik 
strategiyasi” asosida o‘quv jarayoniga innovatsiyalar, onlayn o‘qitish, 
tyutorli ta’limga urg‘u berilishi) va informal (o‘qitish – individual holatda 
va shaxsiy) o‘qitish mazmunini takomillashtirish, ta’lim jarayonining sifat 
va samaradorligini oshirishning samarali shakl va metodlarini ishlab chiqish, 
mashg‘ulotlarning integratsiyalashuvini ta’minlashning turli modellari va 
texnologiyalarini yaratish zaruratini yuzaga keltiradi. 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
104
Education and innovative research 2021 y. №2
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida “...uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli 
ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish”[1;] vazifasi belgilanib, bu borada 
pedagoglarning kreativligini oshirish, ta’lim mazmunini takomillashtirib 
borishda qulay sharoitlar yaratish, pedagogik deontologiya (yunon. «deontos» 
- loyiqlik, munosib, kerakli, tegishli, «logos» - ilm, ta’limot) [3;]ni ta’minlash 
orqali kutilgan natijalarga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, 
aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘rgatishda O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning 
ilmiy merosidan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish muhim 
pedagogik ahamiyat kasb etadi. Aytish o‘rinliki, aynan bo‘lg‘usi pedagog 
ilm zahiralarini chuqurroq egallasa, kelajak avlodga o‘zlashtirgan bilimlarini 
yetkazib berish, ta’limda uzviylikni ta’minlash va takomillashtirish kabilarda 
bevosita ishtirok etishi ular uchun foydali bo‘ladi. Bu esa ta’lim jarayonining 
maqsadliligi va dolzarbligini ta’minlaydi hamda uzluksiz ta’lim tizimining 
sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Bizningcha, yuqorida qayd etilgan shart-sharoitlarga javoban Oliy 
ta’lim tizimida O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning ilmiy merosidan 
foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish jarayonidagi asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat:
–Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga 
asoslangan holda talabalar ilmiy tafakkurini boyitish, ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish;
– o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga 
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
–Oliy ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
va innovatsion loyihalarni joriy etish.
Har bir davlat va jamiyat rivojlanishida umumiylik, mutanosiblik bilan 
birga o‘ziga xoslik ham bor. Sharq mutafakkirlari Imom Al-Buxoriy, Abu 
Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, 
Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Amir Temur, Mirzo 
Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla 
Avloniy kabi allomalarning asarlari dunyo ilm–faniga qo‘shgan beqiyos 
hissasi hozirgi davr matematika ilmi uchun ham katta ahamiyatga ega. [4;]
Fikrimiz isboti sifatida aytish mumkinki, Al-Xorazmiy matematikaga 
oid ilmiy merosi jahon ahamiyatiga ega. Muhammad al-Xorazmiy insonning 
kamolga yetishi va insoniy munosabatlarda ilm–fanning muhimligi g‘oyasini 
ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida ham munosib o‘rin egallaydi. 
Xorazmiy matematika, geografiya, geodeziya, astronomiya sohalarida yirik 
tadqiqotlar olib borgan. Lekin u matematika sohasidagi yangilik yaratgan 
nazariyotchi hamda pedagog–usuliyotchi olim sifatida tarixda qolgan. «Al-



Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling