G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni


Download 28.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/101
Sana26.10.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1724758
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Bog'liq
2021-2-сон

Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
111
http://interscience.uz
Ta’kidlash joizki, Farobiy e’tirof etgan xislat-fazilatlar, bugungi kunda 
voyaga yetmagan bolalarning ijtimoiy ong mezonlari sifatida, yoshlar 
g‘oyaviy-siyosiy madaniyatini shakllantirishda, inson haq-huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlashda, o‘zligimizni anglash, har bir xonadonda tinchlik, 
osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashda muhim omil hisoblanadi.
Pedagog olima N.M.Egamberdiyevaning yozishicha, har qaysi xalq yoki 
millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-an’analari, hayotiy 
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi, bu borada tabiiyki
ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim 
omillardan bo‘lib xizmat qiladi. Ota-bobolarimizning asrlar davomida 
to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda 
etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch ming yil 
muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan “Avesto” deb atalgan bebaho 
ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi [4;]. 
Albatta bola tarbiyasi o‘ta murakkab va ma’suliyatlidir. Bu har bir 
ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha 
ma’lumotlardan baxobar bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu 
shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki 
o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika 
kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir. 
Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, 
jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish 
talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy 
tarbiya berish sifati va ko‘lamini oshirish talabini qo‘yadi. 
Shuni alohida e’tirof etish joizki, oilaviy ajrimlar, oiladagi nosog‘lom 
muhit, ota-ona o‘rtasidagi kelishmovchilik va mojorolar ham farzand 
tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy hol albatta. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda bugungi kunda oilaviy ajrimlarni bolalar tarbiyasiga salbiy 
ta’sirini bartaraf etishning pedagogik profilaktik asoslarini takomillashtirish 
tizimi samaradorligini oshirish zarurati yuzaga kelmoqda. 
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida “jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil 
fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni 
tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” 
[3;] kabi ustuvor vazifalar belgilanib, bu borada oilaviy ajrimlarni bolalar 
tarbiyasiga salbiy ta’sirini bartaraf etishning pedagogik profilaktik asoslarini 
takomillashtirishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy ta’minotni boyitish, yosh 
oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish maqsadida Xotin-qizlar qo‘mitasi, 
«Oila» markazi, Respublika Mahallalar kengashi, «Nuroniy» faxriylaridan 
iborat «Faxriylar ibrati» maslahat kengashi faoliyatini samarali yo‘lga 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
112
Education and innovative research 2021 y. №2
qo‘yish “Yarashtiruv komissiyalari” jamoatchilik tuzilmasining hamkorlik 
funksiyalarini aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aytish joizki, yosh avlod tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyosdir. Farzand 
tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila bolaning jismoniy kamolotidagina emas, 
balki ma’naviy kamolga yetishida ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Respublikamizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, uni moddiy va ma’naviy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri 
etib belgilangan. 
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Biz uchun muqaddas bo‘lgan 
oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, 
ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq 
mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur” 
Shu nuqtai nazardan olib qaralganda ham oila mustahkamligi, ma’naviy va 
jismoniy barkamol farzand jamiyat mustahkamligi va ma’naviy yetuklikning 
garovidir.
Tajriba va kuzatishlarimiz asosida aytishimiz mumkinki, bolalarning hulq 
atvoridagi xatolar ota-onalarning xatolaridir. Oila, oila a’zolarining, ayniqsa 
ota-onaning ahloqiy-ma’naviy yetukligi va ma’rifiy qarashlari farzand 
tarbiyasi va kamolida eng zarur va muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu 
nuqtai nazardan o‘rganilganda oilada bolalar qarovsizligi va nazoratsizligining 
oldini olishda quyidagi vazifalarni bajarish taqozo etiladi:
1) “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligida bolalarning xulq-
atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlarni (turli xayosiz, pornografik 
mazmundagi axborot vositalari (qo‘l telefonlari, disklardagi filmlar, kliplar 
va x.k.); “ommaviy madaniyat”ga qiziqishning ortishi; nosog‘lom turmush 
tarzi; ota-onalarda tarbiyaviy saviyaning pastligi; nazoratsizlik va qarovsizlik 
(ijtimoiy yetimlik); ta’limga bo‘lgan qiziqishning pastligi; xaddan tashqari 
erkalatish; moddiy muammolar tufayli kelib chiqadigan ziddiyatlar; bo‘sh 
vaqtning besamara o‘tishi) o‘rganib chiqish va muammoni yechimini topish. 
2) bolalar qarovsizligiga barham berishga qaratilgan tadbirlar tizimini 
rejali amalga oshirish;
3) voyaga yetmaganlarning mazmunli dam olishlarini tashkillashtirish;
4) voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazilishini 
ta’minlovchi shart-sharoitlarni yaratish;
5) “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tashkiloti ma’sullari bilan 
birgalikda oiladagi vaziyat va oilaviy tarbiya shart-sharoitlarini har bir 
xonadon misolida o‘rganish (oila butunligining buzilishi; ota-onalarning 
o‘zaro nomaqbul munosabatlari; g‘ayriijtimoiy qarashlar va an’analar; moddiy 
kamchiliklar; ota-onalar ma’naviy saviyasining pastligi; g‘ayripedagogik 
(pedagogikaga xilof) tarbiya). [9;]
Yuqorida fikrlarimiz mantiqiy davomi sifatida aytishimiz mumkinki, 
bolaga tarbiya berishni hohlashning o‘zi mutlaqo kifoya qilmaydi. Milliy 



Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling