qattiq eritmalar ko‘pincha qotishmalarda uchraydi. Bularga temir
bilan xrom, nikel, marganes qotishmalari misol bo‘la oladi. Qattiq
eritmalar hosil bo‘lishining yana bir turi shundan iboratki, eruvchi
element atomlari erituvchi elementning kristall panjarasidagi
atomlar oralig‘iga kirib boradi, ya’ni singadi. Bunday qattiq
eritmalarga temir bilan uglerod, temir bilan azot qotishmalari
misol bo‘la oladi.
Tahliliy blok
Bu blok ma’lumotlar blokining davomiy qismi bo‘lib,
asosan o‘quvchilarni mustaqil ravishda ishlashga, ularni
ma’lumotlar blokida kiritilgan axborotlarni tahlil qilish, o‘z
fikrlarini izohlashga o‘rgatishga qaratilgan. Talabalar guruhlarga
bo‘linib quyidagi savollarni tahlil qiladilar va izohlaydilar:
1. Qotishmalar deb nimaga aytiladi?
2. Mexanik aralashma deb nimaga aytiladi?
3. Kimyoviy birikmalar nima bilan ifodalanadi?
4. Evtektika so‘ziga ta`rif bering.
5. Qotishmalarning xossalari nimaga bog`liq?
6.Qaysi elementlar qattiq eritma hosil qila oladi?
7. Qattiq eritmalarga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: