G. I. Ishmuradova, G. M. Mirzayeva
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
materialshunoslik fanini oqitish texnologiyalari
faoliyatida vujudga kelayotgan mazkur qiyinchiliklar talabalar tomonidan o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlash va ularni baholash uchun foydalaniladigan nazorat topshiriqlarini xilma-xillashtirish jarayonida vujudga kelayotganligi sababli, shu muammoni o`z tadqiqot ishimizda yoritishni lozim deb topidik. Testologiya – (inglizcha so’zdan olingan bo’lib, test-sinov), yunoncha logos - bilim) so’zlari birikmasidan iborat. Testologiyani qo’llashda umumiy xususiyatlar: test topshiriqlarini tuzish metodikasi, samaradorlik, variativlik, ishonchlilik, validlik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o’ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta`lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test sinovining o’tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta`lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o’lchovi ham e`tiborga olinishi lozim. Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo’lib, tadqiqot- chilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni tavsiya etmoqda. Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomil- lashuviga uning quyidagi afzalliklari: •
Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respon- dentlarning bilim, ko’nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi; •
Ijtimoiy so’rovlarda ishtirok etgan ko’psonli respon- dentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud; •
Tahsil oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob`yektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub`yektivizmga yo’l qo’yish oldini oladi. •
Turli guruh respondentlaridan olingan ma`lumotlarni qiyosiy-statistik tahlilini o’tkazish imkon berishi kabilar zamin yaratgan. Test topshiriqlarining yalpi joriy etishdan avval, tanlangan maqsadli guruhda sinovdan o’tkazish, olingan natijalar va 41
80 |
ma'muriyatiga murojaat qiling