Yog‘och turlari. Yog‘ochning qarag‘ay, archa, tilog‘och,
oq qarag‘ay, kedr, zirk, arg‘uvon, oq qayin, qora qayin, tog‘ teragi,
terak, yong‘oq, chinor, nok, zarang, eman, sbumtol, qayrag‘och
kabi bir necha turlari xalq xo‘jaligining turli sohalarida
ishlatiladi.Yog‘ochning ishlatilishi uning fizik va mexanik
xossalariga, foydalanish sharoitiga, miqdoriga va hokazolarga
bog‘liq bo‘tadi. Texnika yuksak taraqqiy etgan hozirgi davrda
yog‘och materiallardan foydalanish doirasi yanada kengayib
bormoqda.
Yog‘ochning fizik xossalari. Tegishli materialning butun-
ligiga ta’sir etmaydigan va uning kimyoviy tarkibini o‘zgartirmay-
digan xossalari, ya’ni uning rangi, tovlanishi, tob tashlashi,
egilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, nam tortishi, quruvchanligi,
zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchan-
ligi, elektr o‘tkazuvchanligi yog‘ochning fizik xossalari deb
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |