deb yog‘ochning g‘ovaklari, namligi, havosi, smolasi va qattiq
moddasi bilan birgalikdagi og‘irligiga aytiladi.
Yog‘ochlarning mexanik xossalari. Yog‘och materiallar-
ning "turli tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olish yoki
buzilmaslik (o‘zgarmaslik) xususiyati ularning mexanik xossalari
deb ataladi. Qurilishda turli inshootlarda, muhandislik konstruk-
siyalarida yog‘ochlar turli kattalikdagi statik va dinamik siquvchi,
cho‘zuvchi, eguvchi, kesuvchi yoki yoruvchi kuchlar ta’sirida
bo‘lishi mumkin.Bunday kuchlar turli omillarning ta’siri (yuklar,
kishilar, mashina va mexanizmlar, qor va shamolning ta’siri)
tufayli vujudga keladi. Yog‘och materiallarning tashqi kuch
ta’sirida shakl va o‘lchamlarini o‘zgartirishi uning deformatsiya-
lanishi deb ataladi. Bunday deformatsiyalar elastik va plastik
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Yog‘ochlarning mexanik xossa-
lariga yana ularning puxtaligi (bikrligi), qattiqligi, elastikligi,
qovushqoqligi, mo‘rtligi, yoriluvchanligi va mixlanuvchanligi
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: