G. I. Ishmuradova, G. M. Mirzayeva
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
materialshunoslik fanini oqitish texnologiyalari
Texnika yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar tayyorlashda maxsus fanlarni xususan, Material- shunoslik fanini o’rganishda O’zbekiston Respublikasining yer osti tabiiy boyliklarini bilish va ulardan milliy amaliy san`atning bir turi bo’lgan zargarliknini rivojlantirish hamda shu orqali Mustaqil O’zbekistonimizning jahon xaritasida o’z mavqeini mustahkamlashga hissa qo’shish muhim ahamiyatga ega. Xo’sh, O’zbekiston Respublikasining tabiiy yer osti resurslari qanday? Ma`lumki, O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi bu erda mashhur Mendeleev davriy sistemasi- ning deyarli barcha elementlari topilgan. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDXdagina emas, balki butun dunyoda ham etakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo’yicha respublika dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish bo’yicha 7 o’rinda, mis zahiralari bo’yicha 10-11-o’rinda, uran zahirasi bo’yicha 7-8-o’rinda turadi. Oltin tozalashda affinaj (eng sof metall olish) jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan. Bu texnologiya bir qator “nouxau”ni o’z ichiga oladi. Natijada oliy tovar ko’rinishiga ega bo’lgan, soflik darajasi "to’rtta to’qqiz” ga teng asl oltin olinmoqda. Ana shu oltin O’zbekistonga ko’plab xalqaro sovrinlar keltirdi. Respublikada kumush konlari ham bor. Bular Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe, O’qjetpes, Kosmonachi konlari va Namangan viloyatidagi Oqtepa konidir. Tasdiqlangan zahiralar- ning katta miqdori oltin va mis-porfir konlaridir. Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bo’yicha eng istiqbolli bo’lib, chet el investitsiyalarini o’ziga jalb etadigan kondir. Mis rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, 50 71
|
ma'muriyatiga murojaat qiling