G. I. Ishmuradova, G. M. Mirzayeva
II. 6. Zargarlik materiallari va undan foydalanish
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
materialshunoslik fanini oqitish texnologiyalari
II. 6. Zargarlik materiallari va undan foydalanish
imkoniyatlari 51
70 Bu borada bir qancha talablar hisobga olinishi lozim. Dasturning mazmuni didaktik tamoyillarga to‘la-to‘kis javob berishi, ilmiy va mafkuraviy jihatdan puxta bo‘lishi, murakkablik- ning ortib borishi hisobga olingan holda va materialshunoslik fanining tanlangan didaktik tizimiga muvofiq ravishda muayyan izchillikda bayon qilinishi, turmush va texnika hamda ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Materialshunoslik fanining dasturiga materialshunoslik fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi. Ma’lumki, fan-texnika sohasidagi taraqqiyot xilma-xil fizik, mexanik, kimyoviy xossalariga ega bo‘lgan va iqtisodiy material- larni yaratish hamda o‘zlashtirishga bog‘liqdir. Kasb-hunar kollejlarida materialshunoslik fanini o‘rga- nishda o‘quvchilarning ilgari mehnat ta`limi (yog`och va metall materiallariga oid bilimlar beriladi) dan olgan bilimlariga tayanish va shuning hisobiga yangi o‘quv materiallarni bayon qilishga ketadigan vaqtini qisqartirish kerak. Talabalarni materiallar va ularni halq xo‘jaligining turli tarmoqlarida tutgan o‘rni hamda qo‘llanilishini aytish zarur. O`qituvchi yog‘och materialini tushun- tirayotganida yog‘ochlarning o‘ziga xos xususiyatlarini taqqoslash va xalq xo‘jaligida qo‘llaniladigan yog‘ochlarning boshqa turlari orasida ular qanday o‘rinni egallashini tushuntirishi zarur. O`quvchilarni materiallarning xossalari (birinchi galda mexanik xossalari) bilan tanishtirayotganda o‘qituvchi bu xossalar ishlov beriladigan materialning vazifasiga qarab tanovor tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Masalan, agar slesarlik asboblari tayyorlash uchun o‘ta qattiqligi bilan ajralib turuvchi uglerodli asbobsoz po‘latdan foydalanilsa, parchin mixlar tayyorlash uchun esa kam uglerodli yumshoq po‘lat kerak bo‘lishi tushuntiriladi. Materiallarning xossalari haqidagi ma’lumotlarni o`quvchilar tanovorga ishlov berish vaqtida va laboratoriya mashg`ulotlari davomida namunalarni texnologik jihatdan sinash paytida bilib oladi. Po‘lat va cho‘yanning asosiy xossalarini (qattiqlik, esa mustaqil holda yoki o’qituvchining yordamida topishlari kerak. Mashg`ulotning rejasi: 1.O’qituvchi munozarani ochib, uning mavzusini aytadi hamda guruhni “texnologlar” va ”materialshunoslar” komanda- lariga ajratadi. 2.O’quvchilarning birinchi guruhiga so’z beriladi va gruppa a`zolari o’z nuqtai nazarini yoqlaydi. 3. Ikkinchi guruhidagilar ham o’z fikrlarini bayon qiladilar. 4.O’qituvchi tinglangan axboratlar asosida erkin
bahslashishni, bir-birlariga savollar berishni tavsiya etadi. 5. O’qituvchi mashg`ulotni yakunlab, yangi materiallar yaratish bilan yangi texnologiyalarni ishlab chiqish o’zaro bog`liqligini tushuntiradi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling