G. I. Ishmuradova, G. M. Mirzayeva
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
materialshunoslik fanini oqitish texnologiyalari
3-variant. Mashg`ulotning rejasi:
1.Olimlarning va amaliyotchilarning yangi materiallar hamda texnologiyalarni yaratish va joriy etish sohasidagi ishlari haqida so’zlab berish. O’qituvchi materialni shunday tanlashi kerakki, bu material o’quvchilarda ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayonlari: yangi texnikani yaratish, yangi materiallarni ishlab chiqish, ilg`or texnologiyalarni yaratish va joriy etish o’zaro bog`liqligi haqida tushuncha hosil qilsin. 2.O’rganilgan materialni mustahkamlash uchun umumiy so’rash. Bunda mazkur mavzu bo’yicha seminarga tayyorlanishga tavsiya etilgan savollardan foydalanish mumkin. 3.Mashg`ulotni yakunlash. O’quvchilar mavzuni o’rga- nishda yangi texnika, yangi materiallar, yangi texnologiyalarning o’zaro bog`liqligini aniq bilib olishlari kerak. O’quvchilar mazkur mavzuni o’rganish natijasida materialshunoslik asoslari, qora, rangli, nodir metallarning tuzilishi, ishlatilish sohalari haqida umumiy tushunchaga ega bo’ladilar.Texnologik jarayonining strukturasi, mehnat predmetiga ta`sir etishning asosiy texnologik usullarining mohiyati, nazorat-o’lchov vositalarining turlari, texnologiyani takomillashtirishning yo’nalishlari haqidagi bilim- larga ega bo’lishlari kerak. Shuningdek, ular texnologik jarayon- larni ajratishni, har xil texnologik jarayonlarni o’zaro taqqoslashni, tayyor buyumlar sifatini tahlil qilishni, o’lchov asboblaridan foydalanishni o’rganishlari lozim. O’quvchilarga ishlab chiqa- rishda foydalaniladigan fizik, kimyoviy, biologik, energetik va kombinatsiyalashgan texnologik usullarning umumiy xarakteris- tikasi, sanoatning turli tarmoqlarida va qishloq xo’jaligida ana shu usullarga asoslangan texnologik jarayonlarni amalga oshirish; o’lchov priborlari va asboblar haqida umumiy ma`lumotga ega bo’ladilar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling