141
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati
qonun chiqaruvchi va ijro
etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan,
boshqa jamoat birlashma-
laridan mustaqil holda ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 106-modda.
Quyidagi holatlarni ko‘rib chiqib, ulardan qay biri qilmish, qay biri jinoyat
ekanligini aniqlang.
1. O‘smir tеmiryo‘lga poyеzdni to‘хtatuvchi ikkita tormoz boshmog‘ini o‘rnatib
qo‘ydi.
2. Ikki o‘smir qatnayotgan poyеzd oynasiga tosh otib o‘ynashdi.
3. O‘smir maktabda yеchinib-kiyinish хonasida sinfdoshlaridan birining buyumini
o‘g‘irladi.
4. O‘quvchilar maktabga qo‘shni uyning dеvorlariga bo‘yoq chaplab tashlashdi
va oynani sindirishdi.
5. Fuqaro A. avtomashinada katta tеzlikda kеlib yo‘lovchini
urib yubordi va unga
yordam ko‘rsatmasdan qochib ketdi.
6. Yo‘lovchi tashiyotgan avtobus tеmiryo‘ldan o‘tish taqiqlangan joydan o‘tayot-
ganda halokat sodir bo‘ldi. Bir nеcha yo‘lovchi halok bo‘ldi, ko‘pchiligi jarohat
oldi.
7. Yong‘in paytida to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi kvartiradan qochib chiqib yashirin-
di. Uyda qolgan ikki nafar kichik yoshdagi bolani o‘t o‘chiruvchilar qutqarishdi.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD TIZIMI
Sud – odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimi-
yati organidir. Sudyalar hal qiluvchi qarorlar va hukmlarini davlat nomidan
chiqaradilar. Bu narsa hal qiluv qarorlari
va hukmlar barcha tomonidan, shu
jumladan, davlat organlari tomonidan so‘zsiz ijro etilishi shart ekanligini
anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati konstitutsiyaviy, ma’muriy,
fuqaroviy, xo‘jalik va jinoyat sudlovi orqali amalga oshiriladi.
Sudlar
orasidagi bunday taqsimot
sudga tegishlilik, ya’ni ish ko‘rib
chiqiladigan
konkret sudning belgilanishi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: