G. M. Tansikbayeva, V. A


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi – bu Konstitutsiya va O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari bilan kafolatlanadigan, fuqarolarning o‘z manafaat-
lari, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, milliy va ma’naviy qadri-
yatlaridan, mahalliy urf-odatlari va an’analaridan kelib chiqadigan masa-
larni hal etish bo‘yicha mustaqil faoliyati hisoblanadi.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek, shaharlar, qishloqlar va 
ovullardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolar yig‘ini bo‘lib, 2,5 yil 
muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organ-
lari tizimiga kirmaydi va qonunchilikka muvofi q berilgan vakolatni tegishli 
hududda amalga oshiradilar. Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalay-
di va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiluvchi qaror qabul 
qiladi.
Fuqarolar yig‘inida o‘n sakkiz yoshga yetgan va tegishli hududda doimiy 
yashaydigan shaxslar ishtirok etadi. 
2. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH 
ORGANLARINING ASOSIY FAOLIYATI
Fuqarolar yig‘inining organlari quyidagilar hisoblanadi: fuqarolar yig‘ini 
kengashi, fuqarolar yig‘inining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiya va 
taftish komissiyasi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari mamlakat aholisiga 
o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlarini jamiyat va davlat ishlari boshqaru-
vida ishtirok etishda amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahalla-
larda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) 
va uning maslahatchilarini saylaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 105-moddadan.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari yordamida va aholining birgalikdagi 
ko‘magi bilan ma’lum bir hududda ijtimoiy va madaniy vazifalar hal 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling