G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Bizning amaliyot
Konstitutsiyaviy sudning majlisini o‘tkazing. Tasavvur qiling, hukumatning 12 
yillik majburiy ta’limni bekor qilish to‘g‘risidagi mamlakat bozor munosabatlariga 
o‘tishi bilan asos qilib olingan qarori qabul qilingan, shu munosabat bilan har kim 
o‘zining ta’lim darajasi to‘g‘risidagi masalani o‘zi hal qilishi mumkin.
Ushbu huquqbuzarlik O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mos 
keladimi?
Konstitutsiyaviy sudning majlisi quyidagi tarzda o‘tkazilishi mumkin:
I. Tayyorgarlik bosqichi. Sinf xonasida sud majlisi zalini eslatadigan 
vaziyatni yarating (ta’lim oluvchilarning besh guruhi uchun stollar – har bir 
guruh Konstitutsiyaviy sudning bitta sudyasini ifodalaydi, rais uchun stol
ma’ruzachilar uchun minbar).
II. Majlisni o‘tkazish. Rais ta’lim oluvchilarni ko‘rib chiqiladigan 
masala bilan tanishtiradi, reglamentni aniqlashtiradi va guruhlarga muhoka-
ma uchun vaqt beradi. Qaror qabul qilayotganda o‘quvchilar O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalariga asoslanishlari 
lozim.
III. Muammo muhokamasi. Har bir guruhdan ma’ruzachi belgila-
nadi, u 2–3 minut davomida guruhning ushbu muammo yuzasidan nuqtayi 
4-topshiriq


153
nazarini yoritib beradi. Uni hal etish uchun o‘quvchilar qonun chiqaruv-
chilarga muhokama etilayotgan to‘xtamga tuzatishlar, qonunning yangi 
moddasi loyihasini taklif etishlari yoki ushbu to‘xtamni bekor qilishni talab 
qilishlari mumkin. Muhokama chog‘ida boshqa guruhlarning ishtirokchilari 
savol berishlari mumkin.
IV. Qaror qabul qilish. Konstitutsiyaviy sudda qaror oddiy ko‘pchilik 
ovoz bilan qabul qilinadi.
V. Yakunlarni chiqarish. Muammo muhokamasi borishini baho-
lang: muhokama etilayotgan qaror foydasiga yoki unga qarshi argumentlar 
qanchalik asosli bo‘ldi, yuzaga kelgan muammoni bunday muhokama qilish 
nechog‘liq samarali kechdi?

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling