150
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofi q sudyalar
deputat etib saylana olmaydilar, siyosiy partiyalar
va harakatlarga mansub
bo‘lolmaydilar, shuningdek, sudya vazifalarini boshqa bir haq to‘lanadigan
ish bilan qo‘shib olib borishga haqli emas.
Sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, agar o‘zining
lavozimiga
mos kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanganligi aniqlansa, uning vakolat-
lari to‘xtatib turiladi.
Sudya
yozma ariza bergan taqdirda, uning tomonidan sudya qasamyodi
buzilganida, u huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilganda,
vafot etgan taqdirda
uning vakolatlari to‘xtatiladi.
Sizningcha, quyida keltirilgan hollardan qaysi birida sudya tomonidan qonun bu-
zilishiga yo‘l qo‘yilgan?
1-vaziyat.
Piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganida yonidan g‘izillab o‘tib ketayot-
gan avtomobil fuqaro S.ning kiyimiga loy sachratib ketdi.
Jabrlanuvchi bu
masalani o‘zi hal etishi mumkin, sudlar bunday aytarli ahamiyatsiz ish bilan
shug‘ullanmaydilar deb hisoblagan sudya arizani qabul qilishni rad etdi.
Sudyaning qarorini qanday baholaysiz?
2-vaziyat.
Fuqaro Sh. fuqaro N. dan 50 000 so‘m undirib
berilishi xususida sudga
murojaat qildi. Ayni mahalda N. bu summani qalin tariqasida olgani, keyin
qizini Sh. ning o‘g‘liga berishdan voz kechgani aniqlandi.
Sudya qanday ish tutishi kerak?
3-vaziyat.
Fuqaro S. o‘g‘rilik qildi va jinoyat sodir etilgan joyda hibsga olindi.
Uning aybi amalda isbotlandi. Sudya S.ning aybi
isbotlanganiga va uning
o‘zi ham bundan tonmasligiga havola qilgan holda S.ni protsess boshidanoq
jinoyatchi deb atay boshladi.
Bunga sudyaning haqqi bormi? Aksincha bo‘lsa, unda nega? O‘z javobingizni
asoslab bering.
3-topshiriq