G. M. Tansikbayeva, V. A


PROKUROR – QONUN HIMOYACHISI


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1. PROKUROR – QONUN HIMOYACHISI
Fuqarolar huquqlarini himoya qilishning qanday yo‘llarini bilishingizni 
eslang.
Albatta, bu murojaat birinchi navbatda jamoat tashkilotlariga (kasa-
ba uyushmalariga) va huquqni muhofaza qilish organlariga qaratilgan. 
Masalan, Sizning huquqlaringizga putur yetkazilganligi yuzasidan sud-
ga murojaat qilganingizda ushbu holda qonun buzilmagan deb hisoblab 
ishingizni ijroga qabul qilishni rad etishsa, unda nima qilmoq kerak? Bundan 
keyin nima qilasiz? Sudyaning qaroriga rozi bo‘lasizmi? Agar chindan 
ham o‘zingiz haqligingizga ishonsangiz, qonuniylikka rioya etilishi ustidan 
nazoratni amalga oshiruvchi maxsus organga – prokuraturaga murojaat 
qi lishga haqlidirsiz.
Asli lotincha “prokuror” so‘zining tarjimasi “g‘amxo‘rlik qilmoq”ni 
ang latadi. Ushbu holda esa bu so‘z davlatning barcha qonunlariga aniq va 
so‘zsiz rioya etilishi borasida g‘amxo‘rlik qilish ma’nosida qo‘llaniladi.
Prokuratura organlari fuqarolarning davlat va jamoat tashkilotlariga 
arizalari va shikoyatlarini, murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, putur yetka-
zilgan huquqlar tiklanishi borasida chora-tadbirlar ko‘radilar va fuqarolar 
hamda tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar.
Prokuratura organlari sud tizimiga kirmaydi va suddan mustaqildir. 
Sud majlisida ishtirok etish asnosida prokuror davlat nomidan prokuror 


166
nazoratini amalga oshiradi, ya’ni sudlarning harakatlarida qonun buzilishiga 
yo‘l qo‘yilganligi yoki aksinchaligini aniqlaydi.
Jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda prokuror sudda davlat ayblov-
chisi sifatida ish ko‘radi – qonunga muvofi q sudlanuvchiga nisbatan jazo 
chora sini belgilaydi. Sud tomonidan qonunga mos bo‘lmagan qaror qabul 
qilingan holda esa prokuror yuqori turuvchi sudga protest bilan, ya’ni sud-
ning ana shu qarorini qonunga muvofi q bo‘lmagan tariqasida ko‘rib chiqish 
talabi bilan murojaat qiladi. Hatto sud qarori kuchga kirganidan keyin ham 
prokuratura organlari qamoqqa mahkum etilganlarning huquqlari ularni 
qamoqda saqlash joylarida buzilmasligi ustidan nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda ba-
jarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va 
unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling