167
O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi prokurori, viloyatlar, tumanlar, shaharlar
prokurorlarining vakolat
muddati – besh yil.
Sizningcha, respublikada prokurorni tayinlashning bunday tartibi nima sababdan
qabul qilingan? Siz qaysi usulni (tanlov, imtihon bo‘yicha saylash va hokazolar) taklif
etgan bo‘lardingiz? O‘z javobingizni asoslab bering.
Prokuratura organlari tizimiga quyidagilar kiradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
– Qoraqalpog‘iston
Respublikasi prokuraturasi;
– Viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturasi;
– viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi
Harbiy
prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi;
– tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar,
hududiy
harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida soliq va valuta-
ga oid jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va uning joylardagi
bo‘linmalari faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: