G. M. Tansikbayeva, V. A


So‘z va matbuot erkinligi qay tarzda jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin? 7


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

6. So‘z va matbuot erkinligi qay tarzda jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
7. Qanday axborot vositalarini mustaqil deb hisoblash mumkin?
8. Gapni davom ettiring: “Men gazeta o‘qimayman, chunki ...”.
14-§. SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– demokratik huquqiy davlatda partiyalar faoliyatining ahamiyati 
haqida ;
– O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faoliyati va ularning 
dasturlari haqida bilib olasiz.
1. Fuqarolarning davlatni boshqarishdagi ishtiroki.
2. O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining shakl-
lanishi.
1. FUQAROLARNING DAVLATNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI
Kishilar hayotida turli-tuman muammolar mavjuddir. Ana shu muam-
molardan ayrimlarini odamning o‘zi, boshqalarni esa faqatgina o‘zgalar 
bilan uyushgan holda hal etish mumkin. Masalan, tadbirkorlikni rivojlanti-
rish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar – tadbirkorlar manfaatlarini himoya 
qilish, kredit olish, soliqqa tortish, tashqi bozorga chiqish muammolarini hal 
qilish uchun tadbirkorlar uyushmasi tuziladi. Shuningdek, boshqa guruhlar: 
pensionerlar, imkoniyati cheklanganlar, yoshlar, o‘qituvchilar, shifokorlar 
va hokazolar ham o‘z muammolarini hal qilish maqsadida uyushadilar.
To‘rt guruhga bo‘lining.
Sizning guruhingiz eng uyushgan va jipslashgan ekanligini, shuning uchun ham 
uning vakillari qonun chiqaruvchi organ deputatlari orasida ko‘pchilikka ega bo‘lishi 
ke rakligini isbotlashga harakat qilib ko‘ring.
Mana, demokratik jamiyat davlat hokimiyati organlarida ana shu gu-
ruhlardan faqat bittasining vakillari bo‘lishining imkoni yo‘qligiga o‘zingiz 
ham ishonch hosil qildingiz. 
Ana shu guruhlardan har birining manfaatlari ifoda etilishi va himoyala-
nishiga qay yo‘sinda erishish mumkin?
1-topshiriq


96
Olti guruhga bo‘lining: ikki guruh siyosiy partiyalarni, qolganlari esa pensioner-
lar, yoshlar, fermerlar va ayollar birlashmalari vakillarini ifodalasin.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling