G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Asosiy qonun belgilaydi
Topshiriq


136
parametrlari va ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari 
Kengashiga taqdim etadi;
– rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tayinlanadi-
gan va vazifasidan ozod etiladigan ijro hokimiyati organlarining tuzilmaviy 
bo‘linmalari ishini nazorat qiladi;
– respublikada va xorijda viloyat, tuman va shaharning rasmiy vakili 
sifatida ish yuritadi;
– aholini qabul qilishni tashkillashtiradi, fuqarolarning shikoyatlari, 
arizalari va taklifl arini ko‘rib chiqadi va boshqalar.
Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga 
viloyat, tuman, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid muhim va 
dolzarb masalalar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etadi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik 
asoslarida amalga oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning 
qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 103-moddadan.
Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri 
kommunal xo‘jaligini rivojlantirishga rahbarlik qilish sanaladi. Mahalliy 
hokimiyat organlari to‘g‘risidagi qonunda hokimlar o‘z hududlaridagi 
kommunal xo‘jaligi xizmati faoliyatini muvofi qlashtiradi va nazorat qilishi 
ta’kidlanadi. Kommunal xo‘jaligi xizmati hokimiyatlar bo‘limi tomonidan 
boshqariladi. Ularning rahbarlari hokim tomonidan tayinlanadi va lavo-
zimidan ozod qilinadi. Bu masala mahalliy Kengash sessiyasida tasdiq-
lanadi.
Mahalliy Kengash ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiya 
hisoblanadi. Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi masalalar hal etiladi, 
hisobotlar tinglanadi va albatta ijro etilishi shart bo‘lgan qarorlar qabul qili-
nadi. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar xalq deputatlari Kengashi zaruriyatga 
ko‘ra bir yilda kamida ikki marta hokim tomonidan chaqiriladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling