G. M. Tansikbayeva, V. A


Vazirlar Mahkamasi – mamlakat hukumati


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1. Vazirlar Mahkamasi – mamlakat hukumati.
2. Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari.
1. VAZIRLAR MAHKAMASI – MAMLAKAT HUKUMATI
Vazirlar Mahkamasining asosiy tashkilotchiligi va faoliyatiga O‘zbe-
kiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi hamda “O‘zbekiston 
Respub likasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bag‘ishlangan. 
Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi hukumati va O‘zbekis-
ton Respublikasining ijroiya organi sanaladi va iqtisodiyotning, ijtimoiy 
hamda ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qaror-
lari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. 
?
?
O‘zingizni sinang!
5 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari


130
2. VAZIRLAR MAHKAMASINING ASOSIY VAKOLATLARI
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari va ular tomonidan tuzi-
ladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini boshqaradi, ularning faoliyat-
lari kelishuvini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida 
javobgardir.
12-sxema.
Bosh vazir
Bosh 
vazirning
birinchi
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari


131
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvo-
fi q Vazirlar Mahkamasi:
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, 
fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va 
ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar 
ishlab chiqilishi uchun javobgar bo‘ladi; 
2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofi qlashtiradi 
va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda 
nazoratni ta’minlaydi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbe-
kiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari 
ijrosini ta’minlaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim 
etadi; 
6) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda 
tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi konstitutsuyaviy normalar va amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofi q O‘zbekiston Respublikasining butun hududdagi barcha 
organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi. 
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. 
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq 
Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat 
Prezidentining qaroriga muvofi q o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling