1. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini kim boshqaradi va u necha
yilga saylanadi?
3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida qanday komissiyalar tuziladi?
23-§. O‘ZBEKISTON PESPUBLIKASINING SUD TIZIMI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining tashkil etilishi va
faoliyati prinsiplari haqida;
– sudyalarning huquq va majburiyatlari, sudyani tayinlashda uning
shaxsiga qo‘yiladigan talablar haqida bilib olasiz.
1. Inson huquqlari himoyasidagi bosh bo‘g‘in.
2. O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi.
1. INSON HUQUQLARI HIMOYASIDAGI BOSH BO‘G‘IN
Hokimiyat tarmoqlaridan qaysi biri inson huquqlarini himoya qi-
lish borasida eng asosiy ekanligini aniqlash masalasi ustida hech o‘ylab
ko‘rganmisiz?
Hokimiyat tarmoqlaridan har biri inson huquqlarini himoya qilish vazi-
fasini amalga oshiradi. Ammo ulardan har biriga inson huquqlarini himoya
qilishning o‘z usullari va yo‘llari xosdir. Har bir insonning hayoti voqealar-
ga boyligi va turli-tumanligi bilan qiziq. Biroq inson jamiyatda yashar ekan,
uning xatti-harakatlari boshqa kishilar huquqlariga zid kelishi mumkin.
Asosiy vazifasi davlat manfaatlarini va har bir odamning manfaatlarini
muhofaza etishdan iborat bo‘lgan davlat organlari ham kishilar o‘rtasida
hakamlik qilishga da’vat etilgandir.
Basharti, qonun chiqaruvchi organlar qonunlarni qabul qilsa, sud organ-
lari esa qonunlar asosida odil sudlovni amalga oshiradilar.
Shunday qilib, sud hokimiyati tarmog‘ining bosh vazifasi – inson
huquqla rini himoya qilish, fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni hal etish, aholi va
davlat organlarining o‘zlari ham qonunlarni ijro etilishi ustidan nazoratni
amalga oshirishdir.
?
Do'stlaringiz bilan baham: |