G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

?
O‘zingizni sinang!


141
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashma-
laridan mustaqil holda ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 106-modda.
Quyidagi holatlarni ko‘rib chiqib, ulardan qay biri qilmish, qay biri jinoyat 
ekanligini aniqlang.
1. O‘smir tеmiryo‘lga poyеzdni to‘хtatuvchi ikkita tormoz boshmog‘ini o‘rnatib 
qo‘ydi.
2. Ikki o‘smir qatnayotgan poyеzd oynasiga tosh otib o‘ynashdi.
3. O‘smir maktabda yеchinib-kiyinish хonasida sinfdoshlaridan birining buyumini 
o‘g‘irladi.
4. O‘quvchilar maktabga qo‘shni uyning dеvorlariga bo‘yoq chaplab tashlashdi 
va oynani sindirishdi.
5. Fuqaro A. avtomashinada katta tеzlikda kеlib yo‘lovchini urib yubordi va unga 
yordam ko‘rsatmasdan qochib ketdi.
6. Yo‘lovchi tashiyotgan avtobus tеmiryo‘ldan o‘tish taqiqlangan joydan o‘tayot-
ganda halokat sodir bo‘ldi. Bir nеcha yo‘lovchi halok bo‘ldi, ko‘pchiligi jarohat 
oldi. 
7. Yong‘in paytida to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi kvartiradan qochib chiqib yashirin-
di. Uyda qolgan ikki nafar kichik yoshdagi bolani o‘t o‘chiruvchilar qutqarishdi.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD TIZIMI
Sud – odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimi-
yati organidir. Sudyalar hal qiluvchi qarorlar va hukmlarini davlat nomidan 
chiqaradilar. Bu narsa hal qiluv qarorlari va hukmlar barcha tomonidan, shu 
jumladan, davlat organlari tomonidan so‘zsiz ijro etilishi shart ekanligini 
anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati konstitutsiyaviy, ma’muriy, 
fuqaroviy, xo‘jalik va jinoyat sudlovi orqali amalga oshiriladi. Sudlar 
orasidagi bunday taqsimot sudga tegishlilik, ya’ni ish ko‘rib chiqiladigan 
konkret sudning belgilanishi deb ataladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling