G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:
fuqaroviy, jinoiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud ho-
kimiyatining oliy organi hisoblanadi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tu-
manlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan na-
zorat olib borish huquqiga ega;
– ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko‘rib 
chiqadi;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya 
bo‘yicha ko‘rib chiqilgan ishlar apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shiko-
yat (protest kiritish) qilishga haqli shaxsning ixtiyoriga ko‘ra ular tomoni-
dan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin;
– apellatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar kassatsiya tartibida ko‘rib 
chiqilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi:
– xo‘jalik sudi ishini yuritish sohasida oliy organ sanaladi;


144
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent 
shahar xo‘jalik sudlarining sud faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega;
– ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida kassatsiya va nazorat tartibida 
ko‘rib chiqadi;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi sharhlarining 
xo‘jalik sudlari tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
– quyi bo‘g‘indagi xo‘jalik sudlari faoliyatini tekshiradi;
– xo‘jalik sudlari ishlarining ijobiy tajribasini o‘rganadi, boyitadi va 
tatbiq qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari:
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimi:
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy kollegiyasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi;
– okrug va hududiy harbiy sudlaridan iborat.
Harbiy sudlar:
– O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, 
Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki 
ishlar vazirligi qo‘shinlari va qonunchilikka muvofi q tuziladigan boshqa harbiy 
tuzilmalar harbiy xizmatchilari, shuningdek, harbiy majburiyatga ega shaxslar 
tomonidan o‘quv yig‘inlarini o‘tayotgan chog‘ida sodir etilgan jinoyatlar 
bo‘yicha ishlarni;
– harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalar qo’mondonligiga, harbiy 
boshqaruv organlariga xizmat safariga jo‘natilgan harbiy xizmatchilarning 
da’volari va harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklariga putur etkazayotgan 
harbiy boshqaruv organlari va qo‘shin mansabdor shaxslarining harakatlari 
(qarorlari) ustidan shikoyatlari bo‘yicha noharbiy (fuqarolik) ishlarni;
– istisno tariqasidagi vaziyatlar ta’sirida umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyat 
yuritmaydigan joylardagi barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;
– davlat sirlariga taalluqli bo‘lgan ishlarni ko‘rib chiqadi.
Sud organlarining asosiy maqsadi – inson huquqlari va erkinliklarini hi-
moya qilish, jamiyatda qonuniylik va adolatni qaror toptirishdir. Sud organ-
lari faoliyatining muhimligi kishilar o‘rtasida vujudga kelgan mojarolarni 
zo‘ravonliksiz, mamlakatda qabul qilingan qonunlar asosida hal etilishida 
mujassam.


145

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling