154
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA
(24.12.2012-yildagi yangi tahriri)
(Ko‘chirma)
3-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi
Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga
muvofi q qabul qilingan, umum
majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgarti-
rishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardir: O‘zbekiston
Respub-
likasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari; O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning
buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: