G. M. Tansikbayeva, V. A


 Umumxalq saylovi – mamlakat taraqqiyot yo‘lini tanlashdir


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1. Umumxalq saylovi – mamlakat taraqqiyot yo‘lini tanlashdir.
 2. Saylovning qaysi modeli yaxshiroq?
 3. Demokratik saylov prinsiplari.
 4. Saylovlar o‘tkazilishi ustidan nazorat.
1. UMUMXALQ SAYLOVI – MAMLAKAT TARAQQIYOT 
YO‘LINI TANLASHDIR
Demokratik jamiyatda davlat o‘z fuqarolari manfaatlarini muhofazalash-
ga va ularning turmushini yaxshilash borasida g‘amxo‘rlik qilishga da’vat 
etilgan, ya’ni hokimiyat organlari xalqqa bo‘ysundirilgan va unga xizmat 
qiladi.
Umumxalq saylovlari yo‘li bilan davlat hokimiyati organlarini shakllan-
tirish demokratik huquqiy davlatning muhim alomatlaridan biri hisoblanadi. 


156
Har bir fuqaro o‘z ovozini berish asnosida hokimiyatga da’vogarlik qilayot-
gan turli kishilarga, siyosiy partiyalarga o‘zining munosabatini bildiradi. U 
saylab qo‘yiladigan organlarni shakllantirishda ishtirok etishga, ya’ni ular-
ning tarkibiga saylash va saylanishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik or-
ganlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir 
ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va 
erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sak-
kiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuning-
dek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 
shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-moddadan.
Asosiy qonun belgilaydi
“Saylov” atamasi ovoz berish yo‘li bilan saylab qo‘yiladigan hokimiyat 
organlarini shakllantirishni anglatadi. Shunday ekan, eng munosibini say-
lash imkoniyati tug‘ilishi uchun bir necha nomzodlar bo‘lishi kerak. Bunday 
saylov muqobil saylov deb ataladi. Muqobil bo‘lmaganda saylovchilarda 
taklif etilgan nomzodni saylashni rad etish imkoniyati bo‘lishi lozim.


157

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling