G. M. Tansikbayeva, V. A


KONSTITUTSIYAVIY SUDNING VAKOLATLARI


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

3. KONSTITUTSIYAVIY SUDNING VAKOLATLARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi konstitutsiyaviy 
nazoratning oliy sud organidir (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
108-modda). Xuddi umumiy sudlar kabi u ham mamlakat aholisi huquqlari-
ni himoya qiladi.
Biroq sudlarning boshqa turlaridan farqli o‘laroq Konstitutsiyaviy sud 
sudyalari alohida shaxslar o‘rtasidagi konkret ishlarni muhokama qilmay-
dilar. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining bosh vazifasi Oliy Majlis e’lon 
qilgan qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, 
Hukumat qarorlari va boshqa qonun hujjatlarining Asosiy qonun – mam-
lakat Konstitutsiyasiga muvofi qligini aniqlashdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga ko‘ra 
Konstitutsiyaviy sud:
Sud hokimiyati 
organlari faoliya-
tining konstitutsi-
yaviy prinsiplari
Sud
muhokamasining 
oshkoraligi
Bitta va aynan 
o‘sha jinoyat uchun 
takroran ayblashga 
yo‘l qo‘yilmasligi
Qonuniylik
Odil sudlovning 
faqat sud tomoni-
dan amalga oshi-
rilishi
Tomonlarning 
bahslashuvchanligi 
va teng huquqliligi
Sudlarning 
mustaqilligi va 
ularning faqat 
qonunga bo‘ysunishi
Malakali yuridik 
yordamdan 
foydalanish 
huquqi
Aybsizlik 
prezumpsiyasi


152
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlarining, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari 
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy 
va boshqa majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
mosligini aniqlaydi;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston 
Respub 
likasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
qonunlari O‘zbe kiston Respublikasining qonunlariga muvofi qligi to‘g‘risida 
xulosa beradi;
3) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari norma-
lariga sharh beradi;
4) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan 
berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling