149
Quyidagi muammoni hal qilish borasida o‘z yechimingizni taklif qiling.
O‘g‘rilik qilayotgan shaxslardan biri qo‘lga tushdi, sheriklari esa qochib
ketdi. Militsiya xodimlariga u sheriklarini aytmadi. U sheriklarini aytishi
uchun qanday choralarni qo‘llagan bo‘lardingiz? Kuch ishlatarmidingiz?
Aksincha bo‘lsa, unda nega?
O‘g‘rini qiynoqqa solgan militsiya xodimi
jazolanishi shart deb hisob-
laysizmi?
2. SUDYALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasi sudyalari mustaqil va ularning shaxsi daxl-
sizdir, ya’ni sudyalar va xalq maslahatchilari sud
ishini faqat qonun asosi-
da va ularga nisbatan har qanday tashqi ta’sirni istisno qiluvchi sharoitda
muhokama qiladilar.
Davlat idoralari xodimlari, istalgan maqomdagi
mansabdor shaxslar va
fuqarolar konkret ishlarni qanday hal etish to‘g‘risida sudga ko‘rsatma be-
rishga haqli emasdirlar. Daxlsizlik prinsipi sudyaning ruxsatisiz uning xiz-
mat xonasiga,
uyiga kirishga, xat-xabarlariga ko‘z yugurtirishga, narsalari
va hujjatlarini ko‘zdan kechirishga haqli emaslikni anglatadi.
Sudyalar
mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil
sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish-
ga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga
muvofi q javobgarlikka
sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 112-moddadan.
O‘zbekiston Respublikasining 30 yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yu-
ridik ma’lumotga, kamida besh yillik yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish
stajiga ega bo‘lgan va malaka imtihonini topshirgan
fuqarosi tumanlararo,
tuman (shahar) va xo‘jalik sudi sudyasi etib tayinlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining ofi tser unvoniga ega bo‘lgan, haqiqiy
harbiy xizmatni o‘tayotgan fuqarosi harbiy sudning sudyasi bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: