G. M. Tansikbayeva, V. A


DEMOKRATIK SAYLOV PRINSIPLARI


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

3. DEMOKRATIK SAYLOV PRINSIPLARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respub-
likasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni saylov tizimining negizi 
bo‘lib, ularda saylov tizimining demokratik prinsiplari mustahkamlab 
qo‘yilgan.
Umumiylik prinsipi ham saylovchilar uchun, ham nomzodlar uchun 
ro‘yxatdan o‘tishning ochiqligini ta’minlaydi. Saylov o‘tkaziladigan kunga 
qadar 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga saylovda ishtirok etish huquqi havola 
etilishi lozim.
Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. Fuqarolar jinsi, irqiy va mil-
liy mansubligi, tili, dinga munosabati, mashg‘ulot turi va xarakteridan qat’i 
nazar, teng saylash huquqiga egadirlar.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
saylov to‘g‘risida”gi Qonun, 3-modda.
Saylov uchastkalari ishining tashkil etilishi ham saylov huquqi umu-
miyligining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. U saylovchilarga maksimal qulay 
shart-sharoitlar yaratib beriladigan bir tarzda tashkil etiladi: saylov uchast-
kalari yashash joyiga bevosita yaqin joylashtiriladi; saylov dam olish kuni-
ga tayinlanadi va ertalab soat 6 dan kechqurun soat 20 gacha davom etadi; 
ovoz berish joyi to‘g‘risida har bir saylovchiga bildiriladi; tiqilinch navbatda 
turishlar va ovoz berish uchun boshqa to‘sqinliklar bo‘lmasligi maqsadida 
ovoz berish uchun zarur miqdorda maxsus xonalar jihozlanadi.
Basharti, salomatligi holatiga ko‘ra yoki boshqa sabablarga ko‘ra say-
lovchi saylov uchastkalariga kela olmasa, ularning iltimosiga binoan ovoz 
berish o‘z yashaydigan joyda tashkil etiladi.
Qonun belgilaydi


159
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi referen-
dumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniy-
lik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling