135
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan
shaharlar-
dan, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar
boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik
organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab, o‘z va-
kolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 99-modda.
2. VILOYATLAR, TUMANLAR VA SHAHARLAR
HOKIMLARI FAOLIYATI
Hokim faoliyati yakkaboshchilik asosida amalga oshiriladi va o‘zi
boshqarayotgan hududlar bo‘yicha qarorlari va
faoliyati natijalari uchun
shaxsan javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
93-moddasiga muvofi q Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni
va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va sha-
har hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.
Tasavvur qiling, Siz maktab direktorisiz va shahar (tuman) hokimi qabuliga kel-
dingiz. Maktabni ta’mirlash va a’lochi o‘quvchilarni xorijiy mamlakatlardan biriga
sayohatga yuborish uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qildingiz. Ushbu taklifl arni
asoslash uchun qanday sabablarni keltirgan bo‘lar edingiz?
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimi:
–
Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar
Mahkamasi qonunlari va hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq
deputatlari Kengashi qarorlari
ijrosini tashkillashtiradi;
– jamoatchilik tartibini saqlash va jinoyatchilik bilan kurash, fuqarolar
xavfsizligini ta’minlash, ular huquqlari va salomatligini ta’minlash bilan
bog‘liq choralarni ko‘radi,
tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal
vaziyatlarda ishlarni tashkil etadi;
– viloyatlar, tumanlar, shaharlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanti
-
rish
ning asosiy yo‘nalishlari, viloyat, tuman, shahar budjetining asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: